Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq oʻttizinchi sessiyasi
KUN TARTIBI
1. Qashqadaryo viloyatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish holati toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
F.Mirzayev - Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi.
Muzokaraga chiquvchi:
I.Xalilov - Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.
2. Qashqadaryo viloyatida uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar ijrosi toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
U.Oripov - Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi.
Muzokaraga chiquvchi:
Yu.Ergasheva - Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi oʻrinbosari.
3. Viloyatda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
N.Qurbonov - Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi.
Muzokaraga chiquvchi:
A.Irkayev - Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.
4. Qashqadaryo viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida.
Axborot beruvchilar:
Xasanov Jamshid Olimovich - Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi shoʻbasi mudiri.
Muzokaraga chiquvchi:
O.Ravshanov - Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.
5. Qashqadaryo viloyati hududida suv taʼminoti va sugʻorish tizimlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
Sh.Rajabov - viloyat hokimligi huzuridagi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlariga xizmat koʻrsatish direksiyasi boshligʻi.
Muzokaraga chiquvchi:
S.Abdiyev - Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.
6. Aholining sanitariya-gigiyena sohasidagi madaniyatini oshirish, ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyida joylashgan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
T.Rasulov - Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻi.
Muzokaraga chiquvchi:
Ya.Axmatov – Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.
7. Viloyatda yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrishga qaratilgan ishlar toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
A.Axmedov - Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi.
Muzokaraga chiquvchi:
Yu.Ergasheva - Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi oʻrinbosari.
8. Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosi toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
N.Egamov - viloyat hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Muzokaraga chiquvchi:
D.Kesimov - Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.
9. Qashqadaryo viloyatida dasturlar doirasida investitsiya loyihalarini va hududning eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
U.Joʻrayev - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari.
Muzokaraga chiquvchi:
N.Jumaqulov - Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.
10. Qashqadaryo viloyatida barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
Gʻ.Allaberdiyev - viloyat turizm boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
Muzokaraga chiquvchi:
Sh.Shamsiyev - Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi oʻrinbosari.
11. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 21-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-11-4-0-K/26-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
E.Xidirov - Qashqadaryo viloyati yoʻllarga byurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi rahbari.
Muzokaraga chiquvchi:
O.Boykuvatov - Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.
12. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
Gʻ.Hamrayev - “Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi” Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi.
Muzokaraga chiquvchi:
O.Boyquvatov - Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.
13. Nishon tumani “Paxtakor” mahallasi hududidagi yuridik shaxs (M.Saitov)ga tegishli mulk joylashgan yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
Z.Aramov - Nishon tumani hokimining oʻrinbosari.
Muzokaraga chiquvchi:
O.Ravshanov - Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.
14. Nishon tumani “Yangi nurchi” mahallasidagi jismoniy shaxslarga tegishli turar-joy va bino inshootlari joylashgan yer uchastkalarini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni huquq egalari bilan ochiq muhokamasini oʻtkazish toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
Z.Aramov- Nishon tumani hokimining oʻrinbosari.
Muzokaraga chiquvchi:
O.Ravshanov - Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.
15. Gʻuzor tumani “Buyuk karvon yoʻli” mahallasi hududidagi (F.Norboyev tegishli) savdo doʻkoni joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyotlari uchun olib qoʻyish boʻyicha tashabbusning huquq egasi bilan ochiq muhokamasini oʻtkazish toʻgʻrisida.
Hisobot beruvchi:
F.Kichkinayev - Gʻuzor tumani hokimining oʻrinbosari.
Muzokaraga chiquvchi:
S.Abdiyev - Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi.