30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Iqtisodiyot va moliya vazirligi yoshlar bilan hamnafas!” shiori ostida festival tashkil etildi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Iqtisodiyot va moliya vazirligi yoshlar bilan hamnafas!” shiori ostida festival tashkil etildi

EconomyMoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Iqtisodiyot va moliya vazirligi yoshlar bilan hamnafas!” shiori ostida Toshkent viloyatining “Xumson” dam olish maskanida festival tashkil etildi.

Festival doirasida yoshlar o‘rtasida shaxmat, stol tennisi, badminton, arqon tortish, kubik-rubik yig‘ish kabi yo‘nalishlarda sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ularda vazirlik tizimidagi yosh xodimlar o‘zlarining aqliy va jismoniy salohiyatini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.

Shundan so‘ng, tadbirkor, biznes-murabbiy va bloger Muhammadali Eshonqulovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ko‘tarinki ruhdagi suhbatda
M. Eshonqulov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davlat siyosati darajasida ko‘tarilganligini alohida ta’kidladi. 


Xususan, tizimda ham yosh xodimlarning mehnat qilishi, kasb sir-asrorlarini puxta o‘rganishi, iqtidorini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, festival davomida qatnashchilarni sog‘lom turmush tarziga faol jalb qilishga qaratilgan yurish marafoni ham tashkillashtirildi. Unda xodimlar musaffo tog‘ havosida piyoda yurib, salomatligini mustahkamlash borasida yana bir qadam qo‘yishdi.

Tadbir so‘ngida tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan, shuningdek, faol ishtirok etgan barcha yoshlar rahbariyat tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Bu yilgi festival ham yoshlarning yuksak marralar sari dadil intilishlariga, salohiyatlarini namoyon etishiga va bir jamoada birlashishiga xizmat qilishi, shubhasiz. 


Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi

Report Page