3-SHO‘BA: "ARXIVLAR FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHNING ILG‘OR USULLARI"

3-SHO‘BA: "ARXIVLAR FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISHNING ILG‘OR USULLARI"

https://t.me/natlibuz

 2024-yil 17-may kuni Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi umumiy o‘quv zalida bo‘lib o‘tgan 3-sho‘ba yig‘ilishi "Arxivlar faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishning ilg‘or usullari" mavzusiga bag‘ishlandi. Uni “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari Abodboy Qilichboyevlar olib bordi.

Sho‘ba yig‘ilishida “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning “Hujjatlashtirilgan axborotning ishonchliligini ta’minlash”, “O‘zarxiv” agentligi Birinchi bo‘lim bosh mutaxassisi Odil Suyunovning (onlayn) “Arxivlarda saqlanayotgan shaxsiy arxiv fondlarning ahamiyati. Ulardan foydalanish, muammo va yechimlar”, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining Axborot-kutubxona ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nargiza Saidmuradovaning “Kutubxonalarda nodir va qimmatli nashrlar – kitob yodgorliklarini saqlash va xizmat ko‘rsatish”, “Oʻzarxiv” agentligining Arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati boʻlimi bosh mutaxassisi Akbar Fayzullayevning “Davlatchiligimiz tarixini yoritishda milliy arxivlarning oʻrni va ulardagi hujjatlar tavsifi”, Jizzax viloyati Davlat arxivi arxivchisi Dilorom Aripovaning “Arxiv sohasida innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati”, O‘zbekiston kinofotofono hujjatlar Milliy arxivi “Hujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi” mudiri Muhayyo Ibragimovaning “Elektron audiovizual arxiv hujjatlarni tizimlashtirish masalalari”, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi bo‘lim mudiri G‘ulomjon Musayev va O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi yetakchi arxivchisi Turg‘un Mo‘minovning “Arxiv hujjatlaridan foydalanishda elektron yo‘lko‘rsatgich va fondlarni interaktiv tavsifining ahamiyati (O‘zbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi misolida)”, Namangan arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimi Nurali Axmadaliyevning “Namangan viloyat arxivi tarixi”, Toshkent viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Diyorbek Rayimjonov “Toshkent viloyati davlat arxivining shakllanish tarixi”, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi bosh arxivchisi Muxabbat Utebovaning “Hujjatlarning elektron bazasini yaratish xususiyatlari (Toshkent shahar markaziy davlat arxivi misolida)”, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi Fondlarning bosh saqlovchisi Umida Akramovaning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda arxivlarning o‘rni”, O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, t.f.f.d. (PhD) Nasriddin Mirzayevning (onlayn) “O‘rta asrlarda devonxona ishlarini yuritishda munshiy va bitikchilarning o‘rni”, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Nashriyot-matbaa xizmati rahbari Farrux Musayevning “Infolib jurnali – axborot-kutubxona, arxiv va muzey sohalari ilmiy faoliyatidagi o‘rni”, Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Samad Aminovning “Qonun hujjatlari va xalqaro tajriba – axborot-kutubxona muassasalari, arxiv va muzeylar faoliyatini rivojlantirish ilg‘or usullari sifatida”, O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘lim mudiri Mavluda Shoraxbarovaning “O‘zbekiston milliy arxiv fondi hujjatlarini ta’mirlash: muammo va yechimlar”, “Oʻzarxiv” agentligi Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassis Dilrabo Dadayevaning (onlayn) “AQSh Xalqaro tashrif buyuruvchi yetakchilik dasturi doirasida ilgʻor arxivlar faoliyatini va rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish”, Kattaqoʻrgʻon shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi fond saqlovchisi Chinorbek Ermatovning “Oʻzbekistonning eng yangi tarixini oʻrganishda arxiv hujjatlarining ahamiyati”, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi katta ilmiy xodimi Saodat Kuchkarevaning “Jamiyat hayotida arxivlarning roli” mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi.

Ma'ruzalar so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, sho‘ba moderatorlarining xulosasi tinglandi va eng yaxshi ma’ruzachi aniqlandi.




Report Page