3-MODUL
ITIM_UZBEKISTAN“Yangi O'zbekistonda zamonaviy ilm-fan, sun'iy intellekt va innovatsion ta'limni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari” mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy o'quv dasturining 3-moduli: O'qituvchi va pedagoglar uchun tashkil etiladigan "Innovatsion pedagogika, raqamli kompetensiyalar va ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantirish" nomli o'quv kursining mazmuni.
Ushbu kurs davomida quyidagi o'quv modullari bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi:
1. Pedagoglarning huquqiy maqomi, kasbiy faoliyati va zamonaviy ta'lim siyosatidagi yangi imkoniyatlar.
2. Zamonaviy pedagogning professional imidji, liderlik kompetensiyalari va shaxsiy brendini rivojlantirish.
3. Sun'iy intellekt vositalari, raqamli texnologiyalar va innovatsion pedagogik metodlarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish.
4. Xalqaro akademik mobillik: xorijiy malaka oshirish, ilmiy stajirovkalar va xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari.
5. Zamonaviy o'quv-uslubiy majmualar, darsliklar, monografiyalar va ilmiy nashrlarni tayyorlash hamda nashr etish texnologiyalari.
Kurs yakunida tinglovchilar innovatsion ta'lim muhitida zamonaviy pedagog sifatida samarali faoliyat yuritish, sun'iy intellekt va raqamli pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga muvaffaqiyatli tatbiq etish, xalqaro malaka oshirish va ilmiy stajirovka dasturlarida faol ishtirok etish hamda yuqori sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy nashrlarni yaratish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va professional kompetensiyalarni egallaydilar.
- Qabul muddati: 2026-yil 15-avgustga qadar.
Loyiha tashkilotchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi. Mazkur o'quv dasturi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan №278118-sonli (Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati uchun) "Tasdiqnoma" asosida amalga oshirilmoqda.
Loyiha hamkorlari:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: +998 (91) 001-99-09
https://t.me/ITIM_UZBEKISTAN