28.03.2022
Boysun tumani hokimligi Axborot xizmatiBoysun tumanida yana bir zamonaviy yangidan qurib bitkazilgan Oilaviy shifokorlik punkti o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu Oilaviy shifokorlik punkti 1 mlrd 773 mln so‘m mablag‘ evaziga “Boysun ideal” qurilish xususiy korxonasi tomonidan 4 oy davomida qurib bitkazildi.





Bu yerda oliy toifali, o‘rta, kichik tibbiy 15 nafar tibbiy hamda 4 nafar ishchi xodimlar Pulhokim mahallasidagi 3239 nafar aholiga ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Oilaviy Shifokorlik punkti 50 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy stomatologik tibbiy apparaturalar, akushergenekolog, pediatr umumiy amaliy shifokorlik xonalari bilan zamon talablariga mos ta’minlangan.




Ilgari Pulhokim mahallasida yashovchi fuqarolar labaratoriya xizmati hamda tibbiy yordam olish maqsadida mahalla hududidan 8 km uzoqlikda joylashgan Dashtig‘oz mahallasida joylashgan 6-son oilaviy poliklinikasiga qatnar edilar.




Muhtaram prezidentimiz ta’biri bilan aytganda «Sog‘liqni saqlash sohasi haqida gapirganda bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak».




Joriy yilning 18 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan yangi formatdagi "Tibbiyotdagi islohotlar-inson qadri uchun" mavzusidagi" ochiq muloqoti" doirasida tibbiyot va farmasevtika xodimlari hamda keng jamoatchilikdan kelib tushgan 25 mingdan ortiq murojaatlarda ko‘tarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda "ochiq muloqot"da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida:
7 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan "ochiq muloqoti"da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
Aynan ushbu Oilaviy shifokorlik punktining qurilishi ham, yo‘l xaritasida belgilangan maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oladi.




Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning tapmog‘ini kengaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirish, tibbiyot muassasalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar va dori vositalari bilan ta’minlash, shifokorlik kasbining maqomi va nufuzini oshirish, tibbiyot xodimlarini moddiy pag‘batlantirish va ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish, tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish, sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini yanada oshirish asosiy maqsad qilib, belgilandi.
🔷 Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati
Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati