“28 APREL - BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

“28 APREL - BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI


Ma’lumki, Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003-yildan buyon 28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” sifatida keng nishonlanadi. 

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining "Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulodda holatlarni oldini olish va ishlab chiqarish nazorati bo‘limi mas’ul xodimlari va mehnat jamoalarida mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakillar ishtirokida "Boysuntumangaz" gaz ta’minoti bo‘limida “28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan o‘quv amaliy-seminar tashkil etildi. Seminar ishtirokchilariga ish joyida jarohatlanish holatlari va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinayotganligi ma’lum qilindi.  Inson umri - har narsadan qadrli. Mehnat muhofazasi va mavjud tartiblarga amal qilish esa ishchi-xodimlarning xavfsizligi uchun muhim. Bunda ularning mehnat muhofazasi tartib-qoidalariga amal qilishi va buning tizimli tartibda o‘tkazib turiladigan tadbirlar orqali baholab borilishi, mavjud qoidalarni yana va yana takrorlab targ‘ibot qilinishi zarur.  Shuningdek, seminarda o‘tgan yillarda “Hududgaz Surxondaryo” GTF “Jarqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi binosida o‘quv-amaliyot maydonchasi tashkil etilganligi, bu barcha tuman va shaharda mehnat qilayotgan va yangidan ishga qabul qilinayotgan xodimlarda sohaga yana ham qiziqishlarni oshirish, ishchi xodimlar tayyor ish jarayonida toblanishi va xuddi ish jarayonida bo‘lgani kabi taassurotlarga ega bo‘lish uchun tashkil etilganligi bildirildi. 

Seminar davomida ishtirokchilarga mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, o‘qitish, bilimlarini sinash tartiblari bo‘yicha yangi qabul qilinayotgan hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Korxonalarda xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish ishlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Seminar doirasida ishtirokchilar mehnat muhofazasini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar, xodimlar uchun tayyorlanayotgan maxsus kiyim bosh, shaxsiy himoya vositalari namunalari o‘rin olgan ko‘rgazma bilan tanishdilar. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga qarashli 11 ta gaz to‘ldirish inshootlarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’yekt rahbarlari va ishchi xodimlarning to‘g‘ri harakat qilishini muvofiqlashtirish, hududdagi ishchi xodimlarni xavfsiz hududga ko‘chirish va jabrlanganlarni tezkorlik bilan qutqarish ishlarini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish, moddiy boyliklarni asrash bo‘yicha ob’yekt rahbariyati, ishchi xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari doimiy o‘tkazilib borilayotganligi to‘g‘risida ma’limotlar va foto albomlar ham ko‘rsatib o‘tildi. Seminar davomida ishtirokchilar Surxondaryo viloyatida iste’molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Boysun gaz to‘ldirish inshootiga tashrif buyurishdi.

Ushbu GTSH orqali bugungi kunda viloyatning Boysun tumanlari aholisiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan tashqari gaz to‘ldirish shaxobchasi xududida maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish hamda ta’mirlash markazi ish olib bormoqda. Shaxobchada 16 nafar malakali muxandis va texnik xodimlar faoliyat yuritayongan bo‘lib, ishchi xodimlarga qulay ish sharoitini yaratish maqsadda, shu yerning o‘zida ovqatlanish, dam olish va yuvinish xonalari mavjudligi bilan tanishib chiqishdilar. Shuningdek, tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limining "Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulodda holatlarni oldini olish va ishlab chiqarish nazorati bo‘limi 3 nafar xodimlarning mehnatini muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning namunali tashkil etilayotgani alohida e’tirof etilib, "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filialining Boshlang‘ich kasaba uyushma raisi A.Qobilov tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ma’limot o‘rnida: Butunjahon mehnat xavfsizligi kuni g‘oyasi vafot etgan ishchilarni xotirlash kunidan kelib chiqadi, ilk bora Amerika va Kanada mehnatkashlari tomonidan 1989 yilda ish joyida jarohatlangan yoki haloq bo‘lgan ishchilarni xotirlash uchun o‘tkazilgan.

 



Report Page