27 yil

27 yil

@bmtu_press

1994 yilning 7 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-982 sonli farmoni asosida, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo'l transporti tarmoq qismlarning, korxona, tashkilot va muassasalari tarkibida ,"O'zbekiston temir yo'llari" davlat-aksiyadorlik temir yo'l kompaniyasi tashkil etilgan.

2001 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan va Vazirlar Mahkamasining temir yo'l transportini isloh qilish bo’yicha Davlat dasturiga muvofiq, "O'zbekiston temir yo'llari" davlat unitar korxonasi, 100% davlat ulushi bo'lgan ochiq aksiyadorlik jamiyatga aylantirildi.

Sohaning asosiy vazifalari yagona temir yo'l transport tarmog'ini modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish, qatnayotgan temir yo’l texnikalarni yangilash va o'zining ta'mirlash bazasini yaratish, dunyo bozoriga chiqish uchun imkon beradigan muqobil transport yo'laklarini izlab topish, tranzit yuk va boshqa qo'shimcha hajmlarini jalb qilish va h.k. belgilab berilgan.

Bu bilan infratuzilmani, Yagona dispetcherlik markazi, lokomotiv ho’jaligi, yuk hujjatlari bilan ishlash bo’linmalari va qutqaruv-qayta tiklash ishlari bo’linmalarini xususiylashtirishmaslik belgilangan. Shu bilan bir vaqtda, tovar-yuk va yo'lovchilar tashish bilan shug'ullanuvchi korxonalar, yo’lovchi va yuk jo’natuvchilariga transport-ekspeditorlik va servis xizmatini ko’rsatuvchi, turli hil servis kompaniyalari va h.k.lar turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil qilinishlari va raqobat asosida faoliyat olib borishlari mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi №PQ-4720 sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 2015 yil 3 apreldagi kompaniya Kengashi va yagona aksioner umumiy yig’ilishida «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksionerlik temir yo’l kompaniyasi «O’zbekiston temir yo’llari» Aksiyadorlik Jamiyatiga o’zgartirildi.

Jamiyat tarkibiga yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan 6 ta Mintaqaviy temir yo’l uzellari kiradi. Ularga stansiyalar, yo’l masofalari, signalizasiya va aloqa, energota’minot, lokomotiv va vagon depolari, vagonlarni texnik va tijorat tekshirish punktlari kiradi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining faoliyati

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llari bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Umumiy temir yo’l uzunligi 3645 kmni tashkil etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90% tashkil etadi.

Hozirgi kunda jamiyat tuzilamasi tubdan isloh qilinmoqda. Alohida e’tibor muayyan sohalarni hususiylashtirishga qaratilmoqda.

Jamiyatning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardir:

  • tarqatish va temir yo’l orqali yuklarni yetkazib berish;
  • temir yo’l vagonlarini sozlash va texnik xizmat ko’rsatish;
  • yo’lovchi, sayyohlik tashishlar;
  • xizmat ko’rsatish, lokomotiv va vagon parkini yangilash.

Jamiyat uchun ustuvor yo’nalish quyidagi sarmoya loyihalarini amalga oshirish hisoblanadi:

  • optik tolali liniyalar yordamida aloqa kanallarini mustahkamlash;
  • yangi harakatlanuvchi tarkib sotib olish (elektrovoz va vagonlar) hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish;
  • yangi temir yo’l liniyalarini qurish;
  • temir yo’llarni elektrlashtirish;
  • yo’llarni kapital ta’mirlash loyihalarini amalga oshirish, jamiyat zavodlarida yo’lning ustki qurilmasi elementlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish va h.z

Jamiyatda sarmoyaviy qo’llab quvvatlashni talab qiladigan bir necha loyihalar mavjud bo’lib, ular amalga oshirilgan taqdirda sarmoyachiga katta foyda olib kelishni va’da qiladi.

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ 1993 yildan beri Temir yo’l Hamkorlik Tashkiloti a’zosidir. Jamiyat Xalqaro Temir yo'llari Ittifoqi va Osiyo va Tinch okeani hududidagi BMTning Iqtisodiy komissiyasi bilan uzviy aloqaga ega.

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ TRASEKA(Evropa-Kavkaz-Osiyo transport koridori) loyihasining Evropa Ittifoqi Komissiyasi TASIS dasturi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Report Page