25-SAVOL

25-SAVOL

Ikromkhon Olimov

Yangi intellektual o'yin. 

Loyihaning maqsadi talabalarni mantiqiy fikrlash salohiyatini yanada oshirish va intellektual o'yinlarga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish. Ishtirok etish uchun jamoadagi a'zolar soni har turda minimum 3, maksimum 7 nafarni tashkil etishi kerak.
O'yin formati klassik Zakovat, Brain-ring va Quiz shaklida tashkil etilgan bo'lib, 4 round va hal qiluvchi 25-savoldan iborat. Har bitta roundda 6 ta savol o'ynaladi. Har bitta to'g'ri javob uchun 1 ball, hal qiluvchi 25-savol uchun esa 5 ball beriladi.

Ishtirokchilardan nafaqat eruditsiya, balki ba'zi savollarda kuchli intuitsiya ham talab etiladi.

Shuningdek, har bir turda 25-savolni o'qish hamda g'olib jamoalarni taqdirlash uchun maxsus mehmon taklif etiladi. Har bir tur uchun tayyorlangan 25-savol javobi bilan birga yopiq konvertda saqlanadi va uni faqatgina taklif etilgan maxsus mehmon ochib, jamoalarga o'qib eshittiradi. Dastlabki 4 round savollari boshlovchi tomonidan o'qiladi. Jamoalar belgilangan vaqtda javobni maxsus blankalarga yozib topshirishlari zarur.

Quyida har bir rounddan bittadan savolni namuna sifatida ko'rib chiqamiz.

Belgilangan vaqt har bir savol uchun 30 soniya. Har bir savolga javob alohida topshiriladi.

2-round Rasmli savollar. ASMR -> RASM. 

Belgilangan vaqt har bir savol uchun 40 soniya. Rounddagi barcha 6 ta savol javobi bitta blankada topshiriladi.


3-round #WTF TEST

Belgilangan vaqt har bir savol uchun 40 soniya. Rounddagi barcha 6 ta savol javobi bitta blankada topshiriladi.

4-round The Seven(6+1)

Klassik Zakovat formatidagi mantiqiy savollar. Belgilangan vaqt har bir savol uchun 1 daqiqa. Har bir savolga alohida javob topshiriladi.

Tur finali: 25-SAVOL

25-savol 4-rounddagi savollarga nisbatan murakkabroq. Shu sababdan 25-savolni o'ylash uchun jamoalarga 1 yarim daqiqa vaqt beriladi. To'g'ri javob uchun 5 ballga ( 1 roundda to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball 6 edi) ega chiqish mumkin.

Har bir turda eng ko'p ochko to'plagan jamoa 1-o'rinni qo'lga kiritadi va tur chempioni deb e'lon qilinadi.

G'olib jamoa universitet tomonidan munosib rag'batlantiriladi va maxsus mehmonimiz tomonidan taqdirlanadi.
Shu tariqa, 11 turdan iborat Universitet ligasi davom etadi. Tur chempioni deb topilgan jamoa dekabrda bo'ladigan FINAL o'yini uchun 0,5 ballga ega chiqadi. Misol uchun 1-tur chempioni Tsullex nomli jamoa bólsa, ular qo'lga kiritgan 0,5 ball finalda ularning ochkolariga qo'shiladi. (Agar finalga chiqsa)

Finalda esa universitet ligasining eng kuchli 16 jamoasi ishtirok etadi. Final o'yini g'olibi UNIVERSITET CHEMPIONI deb topiladi.

Bundan tashqari, Talabalar festivali doirasida 25-savol loyihasining alohida kubok o'yinini, keyinchalik kubok sohibi va universitet chempioni bo'lgan jamoalar o'rtasida SUPER FINAL o'yini o'tkazish rejalashtirilgan. (Agarda 2 sovrinni ham bir jamoa qo'lga kiritgan bo'lsa, mazkur jamoa Super Finalda Universitet ligasining 2-o'rnini egallagan jamoasiga qarshi o'ynaydi).

25-SAVOL loyihasiga oid barcha xabarlarni https://t.me/tsul_intellekt kanalida kuzatib borishingiz mumkin.


© Loyiha muallifi: Olimov Ikromxon

Contact me: +998979510258


























Report Page