22 aprel – Butunjahon Yer kuni

22 aprel – Butunjahon Yer kuni


TABRIKNOMA

Hurmatli hamyurtlar, aziz hamkasblar!

Bugun 22 aprel – Butunjahon Yer kuni bayramini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayram Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan, va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab nishonlanmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yilning 22- aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashdan maqsadi, sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzod va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishdir.

Ayniqsa, butun jahon sivilizatsiyasi uchun xatarlar yuzaga chiqayotgan, bir necha global muammolar sharoitida, xususan, iqlim o‘zgarishlari, pandemiya, o‘rmonlarning qisqarishi va cho‘llanish jarayonining tezlashuvi, muzliklarning erishi, noyob jonivorlarning qirilib ketayotgani va brakonerlik avj olayotgani, insoniyat oldida ko‘ndalang turgan o‘ta zarur masalalar qarshisida, odamlarni va Ona sayyoramiz Yerni himoya qilish yo‘lida birdamligi g‘oyat muhimdir.

Yer – bizning yagona uyimiz, shunday ekan, har bir shaxs, shu sayyorada yashovchi har bir inson zaminimizni asrash uchun nimadir foydali ish qilishga harakat qilishi lozim.

Tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish, suvni asrash va tejab ishlatish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy va lekin umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan narsalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

Namangan viloyatining umumiy yer maydoni 744 ming kv.kmni tashkil etadi. Viloyatda 11 ta tumani, 8 ta shahar, 11 ta shaharcha, 788 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib unda 3,06 mln. aholi yashamoqda. Yer umummilliy boyligimiz, mamlakatimiz fuqarolari hayoti va farovonligining asosi, u Davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Hurmatli hamyurtlar! Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida faoliyat yuritayotgan ko‘p sonli xodimlar nomidan bugungi 22-aprel Xalqaro Butunjahon Yer kuni bayrami munosabati bilan muborakbod etamiz. Yangi O‘zbekiston qurayotgan halqimiz omon bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Ona zamin gullarga burkansin! Bayram muborak azizlar!

 

 Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i 

B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i

M.Tursunbaev.


Report Page