22
Har qanday hujjatlarni rasmiylashtirishda soxta ma’lumotlarni yoki qalbakilashtirilgan hujjatlarni taqdim etilishi bunday hujjatlarning bekor qilinishi uchun eng keng tarqalgan asosi hisoblanadi. Qalbakilashtirilgan ma’lumotlarni yoki hujjatlarni taqdim etilishi quyidagilarni keltirib chiqarishi mumkin:
- kirishga ta’qiq (“Kirish va chiqish tartibi to‘g‘risida” 114-son Federal Qonunning 27-moddasi 1-qismi 9-bandi);
- migratsiya hisobi (ro‘yxatga olinishi) bekor qilinishi;
- ishga patentni berilishini rad etish yoki uning bekor qilinishi (115-son “Huquqiy qoidalar to‘g‘risida” Federal Qonunning 13.3-moddasi 22-qismi 2-bandi);
- ishga ruxsatnomani berilishini rad etish yoki uning bekor qilinishi (115-son “Huquqiy qoidalar to‘g‘risida” Federal Qonunning 18-moddasi 9-qismi 4-bandi);
- VYAR (vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma) berilishini rad etish yoki uning bekor qilinishi (115-son “Huquqiy qoidalar to‘g‘risida” Federal Qonunning 7-moddasi 1-qismi 4-bandi);
- YAG (yashash guvohnomasi) berilishini rad etish yoki uning bekor qilinishi (115-son Federal Qonunning 9-moddasi 1-qismi 4-bandi);
arizaning rad etilishi (62-son “Fuqarolik to‘g‘risida” Federal Qonunning 16-moddasi 1-qismi 9-bandi) yoki fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida qarorning bekor qilinishi (62-son “Fuqarolik to‘g‘risida” Federal Qonunning 22-moddasi 1-qismi).