21-mart Navro'z Bayrami bilan barchani tabriklayman.

21-mart Navro'z Bayrami bilan barchani tabriklayman.

Azamat Choriyev

Navroʻz (forscha نوروز — „yangi kun“) — bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa, 22-martda nishonlanadi

Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan „zardushtiylik“ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbek xalqining allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan.

Darhaqiqat, Navroʻzning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq koʻrsatish qiyin boʻlsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navroʻzning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yaʼni Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan.

Navroʻz barcha viloyatlarning shaharu qishloqlarida, korxonalarida, ilm-fan dargohlarida oʻziga xos tarzda koʻtarinki kayfiyat va tashabbus ila oʻtkaziladi. Bayram kuni turli xil musobaqalar, qariyalar bilan muloqotlar boʻladi. Bahor koʻkatlaridan tayyorlangan nozu neʼmatlar tortiq etiladi. Barcha viloyatlarning eng isteʼdodli va yosh xonandalari xizmatda boʻladilar.

Yana bir bor siz bilan Azamat bo'ldi.

E'tiboringiz uchun raxmat va bayram bilan barchani tabriklang...