2.1-kim-18 va 2.2-kim-18 guruh talabalari ishlab chiqarish amaliyotida

2.1-kim-18 va 2.2-kim-18 guruh talabalari ishlab chiqarish amaliyotida

Amonov M.R
Kimyo ta'lim yo'nalishi 2-1 kim-18 va 2.2 kim-18 guruh talabalari Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi professor o'qituvchilari M.R. Amonov, Q.A. Ravshanov hamda I.I. Norovlar rahbarligida 2021-yil 19-iyun kunida Navoiy viloyatida joylashgan«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatidagi yangi markaziy laboratoriyalar bilan tanishdilar. Ushbu laboratoriyalarda PVX, metanol va asetilen ustida ishlar olib borilmoqda.

Laboratoriya boshlig'i Andreva Svetlana Anatolevna tomonidan barcha ish jarayonlari tushuntirib berildi. Metanol sintez qilish xoasi, mikrobiologiya xonasi, metanolni xromotografiya qilish xonasi, PVX ning zarrachalarini aniqlash xonalari bilan tanishib chiqildi.

Mikrobiologiya xonasida suvda kislorodning yutilish apparati LH-BOD601 ham mavjud. BT-902 asbobi bilan PVX zarrachalari aniqlanadi.

111-korpus Asetilen qurilmasi laboratoriyasiga ham borildi. Bu laboratoriyaning deyarli barchasi asetilen ustida qiliadigan ishlar edi. L-9790 xromotografiyasida asetilen sifat va miqdor tarkibi aniqlanadi. Asetilen olish jarayoni yopiq sistemada olib boriladi. Yiliga 40 ming tonna asetilen ishlab chiqariladi.


Report Page