2025 yilda viloyat tibbiyot tizimida amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan murojaat

2025 yilda viloyat tibbiyot tizimida amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan murojaat



Sizlarga ma’lumki, keyingi yillarda tibbiyotda kechayotgan izchil islohotlar ko‘lami ortmoqda. Binobarin, “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ham oldimizda qator yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oyat ulug‘vor vaziflar turibdi. Ularni hayotga tadbiq etish har birimizdan yanada faollikni, yuksak mas’uliyat va burchga sadoqatni talab etadi.

I. BIRLAMCHI TIBBIY-SANITARIYA XIZMATI YO‘NALISHI BO‘YICHA:

- 813 ming 300 nafar 40 va undan katta yoshdagi aholini yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligini erta aniqlash maqsadida ommaviy skriningdan o‘tkaziladi;

- 1 mln 55 ming 200 nafar 18-40 yoshdagi aholi profilaktik ko‘riklardan o‘tkazilib, salomatlik holatlari baholanadi;

- 147 ming 600 nafar 30-65 yoshdagi ayollarda ko‘krak bezi,

30-50 yoshdagi 130 ming nafar ayollarda bachadon bo‘yni saratoni kasalligini erta bosqichlarda aniqlash maqsadida ular skriningdan o‘tkaziladi.

II. ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH YO‘NALISHI BO‘YICHA:

- 1 mln 100 ming 200 nafar 18 yoshgacha bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;

- 2-10 yoshli 537 ming 200 nafar bolalarda gelmintozni, 3-18 yoshli 846 ming nafar bolalarda onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida ular ommaviy va selektiv skriningdan o‘tkaziladi;

- 1 mln 318 ming nafar bolalar 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi.

Tug‘ish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish maqsadida:

- 34 ming 784 nafar yosh kelin-kuyovlarni Kaliy yodid preparati bilan;

- 38 ming 465 nafar 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan;

- 115 ming 807 nafar 6-23 oylik bo‘lgan bolalarni mikronutriyent kukuni bilan;

- 537 ming 251 nafar 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus tekshirishdan o‘tkazib, gelmint aniqlangan bolalar antigelmint preparat bilan bepul ta’minlanadi.

Sog‘lom onalikni ta’minlash, irsiy kasalliklarni oldini olishning zaruriy choralarini ko‘rish:

- 34 ming 784 nafar nikohlanuvchi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;

- 66 ming 400 nafar homiladorlar perinatal skriningdan o‘tkaziladi;

- 3 ta tumanlararo perinatal markazlarning samarali faoliyatini ta’minlanadi;

- Perinatal xizmatini takomillashtirish loyihasi doirasida onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialiga 10 million AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari jalb etiladi.

III. AHOLIGA IXTISOSLASHTIRILGAN XIZMAT KO‘RSATISH BO‘YICHA:

- Surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratidagi 867 ming

310 nafar bemorlar ambulator stasionar (tuman/shahar, viloyat va respublika darajasida) sog‘lomlashtiriladi;

- Barcha tuman/shahar tibbiyot birlashmalarida murakkab laparoskopik jarrohlik amaliyotlari (oshqozon ichak rezeksiyalari, laparoskopik nefrektomiya, prostatektomiya, adenomektomiya, sistektomiya) yo‘lga qo‘yiladi;

- Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan 10 ta yangi yuqori texnologik tashxislash va davolash usullari viloyat darajasida va 4 tasi tuman darajasida amaliyotga joriy qilinadi;

- RSHTYOIM Namangan filialida organlar va to‘qimalar transplantatsiyasi amaliyotlari joriy qilinadi;

- RIOvaRIATM Namangan filialida Laparoskopik “Chap tomonlama gemikolektomiya”, “Ko‘ndalang chambar ichak rezeksiyasi” operatsiyalarini mustaqil ravishda yo‘lga qo‘yiladi hamda “Laparoskopik to‘g‘ri ichak ekstirpatsiyasi” operatsiyasi joriy etiladi;

- Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida buyrak va jigar transplantatsiyasi amaliyotlarini joriy qilinadi;

- Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi tomonidan 4 ta yangi yuqori texnologik tashxislash va davolash usullari viloyat darajasida va 1 tasini tuman darajasida amaliyotga joriy qilinadi;

- RIEIATM Namangan filiali mutaxassislarining (vrach-endokrino- loglar, jarroh, reanimatologlar) xorijiy mamlakatlarda kasbiy salohiyati oshiriladi.

- Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tomonidan Uchqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on va Chust tumanlarida qalqonsimon bezi va qalqonsimon oldi bezida, buyrak usti bezida, oshqozon osti bezida, qandli diabet kasalligi bor bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, viloyat muassasalarini markazlashtirish orqali ko‘p tarmoqli klinikalar tashkil etish bo‘yicha puxta o‘rganilgan taklif ishlab chiqilib, tasdiqlashga kiritiladi. Bunda, birlashtirish mumkin bo‘lgan muassasalar ro‘yxati shakllantiriladi.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmushni, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha 8 ta yo‘nalishni qamrab olgan vazifalar amalga oshiriladi:

1. To‘g‘ri ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqib, hududlarga elektron shakli yuboriladi;

2. Viloyat va 209 ta tuman/shahar darajasidagi davlat tashkilotlarida xodimlarning to‘g‘ri ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar amaliyotga tatbiq etiladi;

3. “5 ming qadam” aksiyasi o‘tkazilib, unga aholi keng jalb qilinadi;

4. Katta yoshdagi aholi orasida skandinavcha yurish va ularga mos boshqa sport turlarini joriy qilish, “Keksalik gashti” shiori ostida yengil sport musobaqalari o‘tkazib boriladi;

5. Ota-onalarga semizlikni oldini olishda tushuntirish ishlari bo‘yicha videoroliklarni televideniye va internet tarmoqlarida keng namoyish etib, targ‘ibot tadbirlari olib boriladi;

6. Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur blogerlar, sog‘lom turmush tarzi elchilarini jalb qilgan holda hamkorlikdagi ishlar yo‘lga qo‘yiladi;

7. Diniy soha xodimlari tomonidan aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillari haqida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish uchun materiallar taqdim etiladi;

8. Katta yoshdagi aholiga ovqatlanishni nazorat qilishni o‘rgatish bo‘yicha mobil ilovalardan foydalanish o‘rgatiladi.

Yuqoridagi tadbirlarni oilaviy poliklinika shifokorlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirokida amalga oshirish uchun mahalliy byudjetdan 1,7 milliard so‘m ajratiladi.

IV. TIBBIY TA’LIM, MALAKA OSHIRISH VA KADRLAR TA’MINOTI YO‘NALISHI BO‘YICHA:

- Viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarida 250,5 stavka vakant shifokor lavozimlari to‘ldiriladi;

- Viloyatdagi 900 nafar shifokor va 2 850 nafar o‘rta tibbiyot xodimlarining respublika tibbiyot oliygohlari va markazlarida malaka oshirishini tashkil etiladi;

- Tibbiyot birlashmalari va viloyat davolash-profilaktika muassasa-laridan 30 nafar malakali mutaxassislar nufuzli chet el klinikalarida malaka oshirishi ta’minlanadi;

- Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda kamida 10 nafar rahbarning ilmiy darajali bo‘lishiga erishiladi.

V. MODDIY-TEXNIK BAZANI TAKOMILLASHTIRISH (qurilish va jihozlash) BO‘YICHA:

- Viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalari 704 ta kompyuter texnikasi bilan ta’minlanadi;

- Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida Namangan viloyatida joylashgan davlat tibbiyot muassasalariga jami 176 turdagi 1 276 dona 9,3 million AQSH dollari miqdoridagi tibbiy jihozlar yetkazib beriladi;

- Uchqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxona terapiya bo‘limi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida binosida loyiha-smeta hujjatlari asosida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi hamda bo‘lim 12 turdagi 108 dona qattiq va yumshoq jihozlar bilan ta’minlanadi;

- 4 ta birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali aholi va xodimlarga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Jumladan, Kosonsoy tumanida Obodon OSHP, bolalar KTMP binolari (2,6 milliard so‘m), Chust tumanda 44-son oilaviy poliklinika Tepaqo‘rg‘on fililali binosi (2,5 milliard so‘m), Chortoq tumanida 53-son oilaviy poliklinika binosi (0,5 milliard so‘m);

- Davolash-profilaktika muassasalarida 181 ta (94 ta bino ichidagi va 87 ta bino hovlisidagi) ta’mirtalab holatdagi sanitariya-gigiyena shoxobchalari ta’mirlanadi;

- Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va(54,3 milliard so‘m) qurilish-ta’mirlash, jumladan, 1 ta yangi qurilish, 5 ta rekonstruksiya ishlari olib boriladi;

- Respublika tez tibbiy yordam markazining Namangan filiali va Call-markazini aholiga tezkor xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlariga ega hamda xalqaro standartlar muvofiq jihozlangan yangi binoga ko‘chirish choralari ko‘riladi;

- Aholiga kursatilyotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, jumladan, yurak ishemik kasalliklari asoratlarini erta aniqlashga erishish uchun Respublika tez tibbiy yordam markazining Namangan filiali Tez tibbiy yordam brigadalari uchun qo‘shimcha zamonaviy Yukard-100 portativ EKG tibbiy apparaturalaridan (sim kartalik) sotib olinadi va Kardiologiya markazi bilan masofaviy diagnostika yo‘lga qo‘yiladi.

VI. XUSUSIY TIBBIYOT VA DAVLAT-XUSUSIY SHYeRIKLIK LOYIHALARI HAMDA CHYeT EL INVESTISIYALARINI JALB ETISH BO‘YICHA:

Avstriya davlati “AME International” kompaniyasi tomonidan “UniCredit Bank Austria AG” bankining 12,4 million AQSH dollarlik kredit mablag‘lari hisobidan 2 ta loyiha, jumladan, Namangan shahrida zamonaviy gemodializ markazi tashkil etiladi hamda Travmatologiya va ortopediya markazi Namangan filialida 118 turdagi yuqori texnologik amaliyotlar uchun 152 turdagi 342 dona zamonaviy apparatlar xarid qilish amalga oshiriladi;

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot bankining 10,0 million AQSH dollarlik grant mablag‘lari hisobidan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar bilan jihozlanadi;

- Xorijiy investisiya ishtirokida 8,6 million AQSH dollarlik 2 ta xususiy tibbiyot loyihalar (“Verigrow Diagnostic” va davlat xususiy sheriklik asosidagi tug‘ruqxona) amalga oshiriladi;

- 36 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil qilinadi, mavjud 25 ta xususiy tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmat turi kengaytiriladi;

- Chortoq tuman tibbiyot birlashmasidagi samarasiz faoliyat yuritayotgan xo‘jalik hisobidagi nevrologiya bo‘limida DXSH asosida zamonaviy tibbiy diagnostika va davolash markazi tashkil etiladi.

Mazkur yo‘nalishdagi loyihalar uchun jami 149,28 milliard so‘m so‘m hamda 115,6 million AQSH dollari sarflanadi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, viloyatimiz sog‘liqni saqlash tizimi yaqin orada yuksalish sari dadil odimlaydi. Bu esa aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada oshirishga yo‘l ochadi.


Abdilhodi Muhiddinovich Iminov

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i



Report Page