2024/2025-o‘quv yili kirish test sinovlari

2024/2025-o‘quv yili kirish test sinovlari

Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi  ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan 2024/2025-o‘quv yili qabulida davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 2024-yil 14-28-iyul kunlari (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha) o‘tkazilishi belgilangan.

Sirdaryo viloyatida joriy yilning 14-28-iyul kunlari test sinovlari Guliston shahar, 4-mavze, Buyuk kelajak massivida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tishi munosabati bilan abituriyentlarni mazkur hududga borib kelishlari uchun qulaylik yaratish hamda yo‘lovchi oqimini qamrab olish maqsadida “Buyuk kelajak mahallasi-Guliston dehqon bozori temir yo‘l bekati orqali” shahar ichi avtobus yo‘nalishiga qo‘shimcha ravishda avtobus va mikroavtobuslar qo‘yilishini ma’lum qilamiz.

Yo‘lovchi oqimidan kelib chiqqan holda yana qo‘shimcha avtobuslar qo‘yilishini eslatib oʻtamiz.


Sirdaryo viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati

Report Page