2024 yil 22 fevral kuni Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtadi.
Sessiya kun tartibida:
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta‘lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-27-sonli Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida;
-Tuman mahalliy budjetining 2023-yil ijrosi to‘g‘risida;
-Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish hamda 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga yo‘naltirish to‘g‘risida;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV son Qarori ijrosi to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va aniqlangan muammolarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
- Zangiota tumanida 2024-yil davomida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish bo‘yicha tarmoqlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar dasturi to‘g‘risidagi
masalalar koʻrib chiqiladi.