2024 yil 13 yanvardagi IIVning “Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida”gi 16-sonli buyrug‘i asosida Vazir o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullayev boshchiligida yoshlarni biriktirish bo‘yicha vazir…

Biriktirilgan yoshlarni 7 ta toifaga ajratilgan holda ish tashkil qilinib, yoshlar taqsimoti tasdiqlandi.

Yig‘ilishda biriktirilgan yoshlar bilan vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik hisini uyg‘otish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish, ular bilan individual va umumiy tartibda ishlash, chora-tadbirlar asosida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqish, ularning oilasidagi va jamiyatdagi muammolarini o‘rgangan holda yechimlarini tashkil etish haqida gap bordi. 

Shuningdek, yoshlarni kasbga qiziqtirish, qiziqishlaridan kelib chiqib, to‘garaklarga jalb etish, hamkor tashkilotlar bilan bandligini taʼminlash kabi vazifalar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash.

Report Page