2023-yil davomida aniqlangan qalbaki farmatsevtika mahsulotlari ma'lum qilindi

2023-yil davomida aniqlangan qalbaki farmatsevtika mahsulotlari ma'lum qilindi

Uzpharmcontrol

Joriy yilda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish yuzasidan 1671 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, noqonuniy muomalada bo'lgan 6 304 turdagi 1 334 598 o‘ram dori vositalarining tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi, Shulardan:

👉 1012  turdagi 229 397 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;

👉 2288 turdagi 542 709 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi;

👉 255 turdagi 9729 o‘ram - muvofiqlik sertifikati mavjud;

👉 2288 turdagi 542 709 o‘ram - muvofiqlik sertifikati mavjud emas;

👉 241  turdagi 11747 o‘ram - yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);

👉 152 turdagi 1278 o‘ram - yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz)

👉 68  turdagi 7029 o‘ram – qalbakilashtirilganligi aniqlanganligi to’g’risida ekspertiza xulosalari berildi.

Hamda ushbu sifatsiz, qalbakilashtirilgan va O’zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati
Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube

Report Page