2023 йилда 16,9 минг гектар ердан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари аниқланган
АОКАда Кадастр агентлиги, Давлат кадастрлари палатаси, Республика аэрогеодезия маркази раҳбарияти иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида тизимда 2023 йилда амалга оширилган ишлар сарҳисоби, долзарб вазифалар ижроси ҳақида маълумот берилди:
Davlatimiz Rahbari tomonidan kadastr sohasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlari doirasida tizimga zamonaviy axborot kommunikatsiyalarini joriy etish, ko‘chmas mulk va yer hisobini yuritish hamda nazorat qilishda raqamlashtirishni jadallashtirish borasida 2023 yilda bir qator amaliy ishlar olib borildi. Xususan,
1. Sohaga oid 23 ta normativ hujjat loyihalari ishlab chiqildi (3 ta Prezident Farmon va qarori, 11 ta Vazirlar Mahkamasi qarori va 9 ta idoraviy hujjat). Shundan 16 tasi (1 ta Prezident qarori, 8 ta Vazirlar Mahkamasi qarori va 7 ta idoraviy hujjat) qabul qilindi.
2. Sohani raqamlashtirish bo‘yicha 6 ta axborot tizimi (E-YER NAZORAT, YERELEKTRON, GEODEZNAZORAT, YER NISOBOT, Xavfni tahlil qilish va Kadastr muhandisi) to‘liq ishga tushirildi.
3. Respublikaning umumiy 44,9 mln. gektar yer maydonidan 42,8 mln. gektari yoki 95 foizini elektron xaritasi yaratilib, 39,8 mln. gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shundan:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 24,2 mln. gektar yerlarning elektron xaritasi yaratilib, 22,2 mln. gektari ro‘yxatidan o‘tkazildi;
- suv fondi toifasidagi 735 ming gektar yerlarining elektron xaritasi yaratilib, 413 ming gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
- o‘rmon fondi toifasidagi 11 mln. gektar yerlarining elektron xaritasi yaratilib, 10,9 mln. gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
- tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan 3,1 mln. gektar yerlarining elektron xaritasi yaratilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
- 2,7 mln. gektar davlat zaxira yerlarining elektron xaritasi yaratilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
4. Avval hisobga olinmagan 171,5 mingta yangi ob’ekt va 20,4 mingta mavjud ob’ektlarda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bazasida hisobga olinishi hisobiga 235,2 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi.
Bugungi kunda kadastr bazasida hisobga olingan ko‘chmas mulk obyektlari soni 8,3 mln. tani tashkil etib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga onlayn taqdim etib kelinmoqda.
5. 6 turdagi yangi kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va notarial idoralar orqali jami 17 turdagi 2,5 mln. dan ortiq kadastr xizmatlari ko‘rsatildi.
6. Yer nazorati tadbirlarida inson omilini kamaytirish maqsadida yagona “Yer nazorat” axborot tizimi ishga tushirilib, Bosh prokuratura va IIVning axborot tizimlariga integratsiya qilindi.
Hozirda barcha yer qonun buzilishlarni nazorat qilish va uni mantiqiy yechimiga yetkazish ushbu tizim orqali amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati natijasida 28 636 ta 6 259 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi, shundan:
16 384 ta (3 247,7 gektar, 57 foiz) qonun buzilish holatlari berilgan yozma ko‘rsatmalar natijasida ixtiyoriy bartaraf etildi;
9 484 ta (2 617,2 gektar) yer qonun buzilish holatlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi;
jinoyat alomatlari aniqlangan 1 014 ta (252,7 gektar) materiallar prokuratura organlariga kiritildi.
7. 2 519 ta holatda 16,9 ming gektar yerdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanib, yerga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 2 438 ta (15,9 ming gektar) taqdimnomalar hamda sudlarga 81 ta (943 gektar) da’vo ariza kiritildi.
8. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 146 024 ta bo‘sh yer uchastkalari “Yerelektron” tizimiga kiritilib, 66 244 tasi auksionga chiqarildi.
Vakolatli idora va tashkilotlar tomonidan 27 468 ta yer uchastkalari rad etilgan va 21 977 tasi ko‘rib chiqish jarayonlari olib borilmoqda.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga asosan hokimliklar qaroriga asosan 199 978 gektar yerlar zaxiraga qaytarilib, kadastr idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, kadastr idoralari tomonidan jami 1 349,2 ming gektar (362,2 ming gektar suvli) zaxira yerlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shundan, “O‘zdaverloyiha” tomonidan 693 806 ta 561 235 gektar yer uchastkalari tanlovga chiqarilib, tanlovda 681 419 ta 465 566 gektar (dehqon xo‘jaligi 676 086 ta 189 373 gektar) g‘olib aniqlandi.
“O‘zdaverloyiha” tomonidan tanlov g‘olibi bilan tuzilgan 677 939 ta 460 911 gektar (dehqon xo‘jaligi 672 703 ta 188 295 gektar) ijara shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
10. PF–198-son Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 644 mingta noturar ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar UZKAD tizimiga o‘tkazildi.
11. 97,6 ming kv.km. aero va kosmik suratga olish ishlari bajarildi va buning natijasida 91,5 ming kv.km. raqamli ortofotoplanlar yaratilib, 60,4 ming kv.km. topografik xaritalar yangilandi.
12. 32 ta tumanning 5,4 mln. gektar yer maydonlari hatlovdan o‘tkazildi.
13. 459 ta ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari hamda 2 362 ta mahallalar chegaralari belgilandi.
14. 15,6 ming gektar eksportbop sabzavot eksa bo‘ladigan bo‘sh yer uchastkalarini aniqlab auksionga chiqarish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etildi.