“2022–2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” dasturini amalga oshirish bo‘yicha мa’lumot

“2022–2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” dasturini amalga oshirish bo‘yicha мa’lumot

EconomyPress

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 18-martdagi PQ-172-son qaroriga muvofiq, 2022-yilda davlat budjeti, jamg‘armalar, bank krediti, tadbirkor, aholi va homiy mablag‘lar hisobidan jami 5,35 trln so‘m mablag‘ ajratildi.

Jumladan, 2022-yilning 28-dekabr holatiga dastur ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Dastur parametrlariga muvofiq 2022-yil yanvar-oktabr oylarida 4 826 mlrd so‘mlik (90 foiz) ishlar bajarilgan bo‘lib mablag‘larning 4 282 mlrd  so‘mi (80 foiz) moliyalashtirildi.

Yil yakuniga qadar 10 386 ta obyektda 5 353 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bajariladi.

Dasturda belgilangan barcha obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va pudratchi tashkilotlar tanlanib, obyektlarga biriktirildi hamda barcha obyektlar bo‘yicha moliyalashtirish masalalari hal etildi.

Ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha – 546 ta obyekt foydalanishga topshirildi, suv ta’minoti obyektlarida 3 937,2 km uzunlikdagi ichimlik tarmoqlari tortildi hamda 369 ta suv inshootida rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bajarildi, 4 646,8 km ichki yo‘llarga asfalt, beton va qum-shag‘al qoplamalari yotqizildi, past kuchlanishli 2 992,4 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi hamda 1114 ta (100,4 foiz) transformator punkti yangilandi va modernizatsiya qilindi, 988 dona gaz taqsimlash punktlari joriy va mukammal ta’mirlandi, 372,9 km gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, aholiga 5 025 dona (100 foiz) gaz balloni yetkazib berildi, hududlarda axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha 1 235,2 km (93,1 foiz) optik tolali aloqa kabellari tortildi, 382 km ichki irrigatsiya tarmoqlarini, 451km piyoda yo‘laklari, 18 894 dona tungi yoritish chirog‘i, 64 dona sug‘orish qudug‘i, 748 dona chiqindixona, yangi tipdagi modullar va urnalar yangidan qurildi, 204 ta mahalla bino va guzarining qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Shuningdek, 238 ta ko‘p kvartirali, 31 986 ta yakka tartibdagi uy-joylar ta’mirlandi.

Umumta’lim maktablari – 555 mlrd so‘mlik (86 foiz) ishlar bajarilib, 253 ta (97 foiz) obyektlar foydalanishga topshirilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – 349 mlrd so‘mlik (93 foiz) ishlar bajarilib, 137 ta (97 foiz) obyektlarda ishlar yakuniga yetkazilgan.

Tibbiy yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar – 143 mlrd so‘mlik (92 foiz) ishlar bajarilgan bo‘lib, 128 ta (95 foiz) obyektlar foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda dasturda ko‘zda tutilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Yil yakuni bilan ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha – rejalashtirilgan 1,2 trln so‘mlik 546 ta obyekt foydalanishga topshiriladi, shuningdek, 3 881,7 km tarmoqlar hamda 432 ta suv inshootida ishlar bajariladi, yil yakuniga qadar 5 113,2 km ichki yo‘llarda 2 000 mlrd so‘mlik ishlar yakuniga yetkaziladi.

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 Axborot xizmati

Report Page