2022-yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish to‘g‘risida MA’LUMOTLAR
EconomMoliyaPress2022-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 97,9 ming tani (2021 yilda 90,3 ming ta) tashkil etdi. Ushbu korxonalarda 2022 yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 551,1 trln so‘mni yoki o‘sish sur’ati 5,2 foizni tashkil etdi. Shundan, 197,2 trln so‘mlik hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 111,7 foizga ta’minlandi.
1.Neftegaz sohasi bo‘yicha: Neft va kondensat qazib olish hajmi 2 921,8 ming tonnani tashkil etgan va o‘tgan yilga nisbatan 1,9 foizga yoki 53,5 ming tonnaga ko‘p qazib olingan.
Ma’lumot uchun: Dunyoda joriy yil 20-yanvar holatiga “WTI” va “Brent” bo‘yicha neftning narhi mos ravishdi 82 doll/barrel va 87,7 doll/barrel tashkil etgan. Jahon iqtisodiyotning davomiy yomonlashuvi va OPЕK+ neft yetkazib berishini qisqartirish rejasi sababli, jahonda neftga bo‘lgan talab 340 ming barrel/kun tushishiga olib kelmoqda. 2023 yilda neftga bo‘lgan talabi 1,7 mln barrel/kunigacha tushishi ko‘tilmoqda, bu esa o‘tgan oyga nisbatan 60-470 ming barrel/kuninga kam. Tahminlarga ko‘ra, 2023 yil neftga bo‘lgan talab o‘rtacha 101,3 mln barrel/kuninga tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
2. Respublika Elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 79,9 mlrd kVt. soatni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga yoki 2,4 mlrd kVt.soatga ko‘p ishlab chiqarilgan. 2022-yilda yog‘ingarchilik yaxshi bo‘lganligi va suv omborlarda suvzaxirasi oshgani hisobiga “O‘zbekgidroenergo” AJ elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlari
6,5 mlrd kVt.soatni tashkil etgan va o‘tgan yilga nisbatan 29,3 foizga yoki 1,5 mlrd kVt.soatga ko‘p ishlab chiqarilgan.
Ma’lumot uchun: Halqaro energiya agentligi (IEA) yangi hisobotiga ko‘ra, global elektr energiyasiga bo‘lgan talab o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga o‘sishi kutilmoqda. Elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2023-yilda ham shunga o‘xshash o‘sishda davom etishi kutilmoqda.
2022-yilda Yevropada tabiiy gazining o‘rtacha narxi 2021-yilning shu davriga nisbatan to‘rt baravar, ko‘mir narxi esa uch baravar yuqori bo‘ldi, bu esa ko‘plab bozorlarda elektr energiyasining ulgurji narxining uch barobardan ko‘proq oshishiga olib keldi. Elektr energiyasining jahonning yirik ulgurji bozorlari uchun Halqaro energiya agentligi narxlari indeksi 2016-2022-yillarda o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravarga oshdi.
3. Respublika bo‘yicha Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 327,6 ming donani tashkil etgan va o‘tgan yilga nisbatan 139 foiz yoki 91,9 ming dona ko‘p avtomobil ishlab chiqarilgan.
Ma’lumot uchun: Forbes ma’lumotlariga ko‘ra Dunyoda 2022-yil yakuni bilan 80,4 mln dona (shundan 6 mln donasi elektromobillar) yengil va yo‘k avtomobillari ishlab chiqarilishi prognoz qilingan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 4,1 foizga ko‘p.
“ING Grupp” (Niderlandiyadagi egn yirik bank guruhi) ma’lumotlariga ko‘ra 2022 yil birinchi yarim yillik ma’lumotlarga asosan prognoz ko‘rsatkichlarni tahlil qilib chiqdi, bunda 2022 yil boshidan yangi salbiy omillar (Ukrainada vujudga kelgan voqea va Hitoyda lokdaun) inobatga olindi. Bu Yevropa va Osiyodagi turli ishlab chiqarish maydonchalarida qo‘shimcha uzilishlarga olib keldi, shu bilan birga chip tanqisligi saqlanib qoldi. Natijada, global yengil avtomobillar savdosi bo‘yicha o‘sish prognozi 2022-yilda o‘sish so‘rati 4,1 foizga prognoz qilindi.
Birinchi yarim yillik natijasida yengil avtomobillarni sotilish hajmi 3 ta asosiy bozorlarda qisqardi, bular: Hitoy, AQSH va Yevropa Ittifoqi (jami 4,6 mln dona). Yevropaning yeng yirik to‘rtta bozorlarida avtomobillar sotuvi keskin pasayish qayd etildi, jumladan Italiya (-22,7 foiz), Fransiya (-16,3 foiz), Germaniya (-11,0 foiz) va Ispaniya (-10,7 foiz).
4. Respublika bo‘yicha metallurgiya sohasida ruda qazib olish va qayta ishlash hajmi oshirilishi hisobigan oltin ishlab chiqarish hajmi 105,2 tonnani tashkil etgan (“NGKM” AJda 88,0 tonna, “AKMK” AJda 17,2 tonna) o‘tgan yilga nisbatan
5,2 tonnaga yoki 5,2 foizga ko‘p bajarilgan.
Ma’lumot uchun: Standard & Poor's ma’lumotiga ko‘ra dunyoda 2022-yil yakuni bilan jami
4,1 ming tonna oltin ishlab chiqarilishi hamda 2021 yilga nisbatan oltin qazib olish hajmi tahminan 4,6 foizga oshishi kutilmoqda. Hozirda “LME” bo‘yicha oltinnig narhi
1 924 doll./unsiyani tashkil etmoqda.
5. Qurilishmateriallari sohasi bo‘yicha respublikada 2022-yil yirik
va kichik korxonalar xisobiga sement ishlab chiqarish hajmi 14,6 mln tonnani tashkil etdi va ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilgan nisbatan 2,9 foizga o‘sgan.
6. Hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 2022-yilda yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan bo‘lib, yil yakuni bilan 197,7 trln so‘mlik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 111,7 foizga ta’minlandi.
2022-yil davomida mavjud quvvatlarning oshirilishi va yangi quvvatlarning yaratilishi hisobiga Sirdaryo (o‘sish sur’ati 150,9 foiz), Xorazm (125 foiz), Buxoro (118,5 foiz), Navoiy (116,1 foiz), Andijon (113,7 foiz), Namangan (113,5 foiz) va Jizzax (112,5 foiz) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (114,1 foiz) hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘sish sura’tlar yuqori bo‘ldi.
O‘zbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati