2021-yildagi ish vaqti taqvimi bo'yicha tushuntirish

2021-yildagi ish vaqti taqvimi bo'yicha tushuntirish

uzasbouz

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining TUSHUNTIRISHI


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son va 2021-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6222-son Farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tushuntirish beradi:

1. Barcha xodimlar uchun 2021-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari: 14-may (juma), 2-sentyabr (payshanba), 3-sentyabr (juma) va 31-dekabr (juma) hisoblanadi.

2. 6 kunlik ish haftasida band boʻlgan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kunlari: 2-yanvar (shanba), 20-mart (shanba), 22-mart (dushanba), 15-may (shanba), 21-iyul (chorshanba), 22-iyul (payshanba) va 4-sentyabr (shanba) hisoblanadi.

3. Besh va olti kunlik ish haftalari uchun ish kunlari quyidagilar: 27-mart (shanba), 17-iyul (shanba), 24-iyul (shanba).


4. Mazkur tushuntirishning 1-3 bandlariga muvofiq: 

4.1. yillik ish vaqti me’yori:

- besh kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 250 kun, 1995 soat; 

- olti kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 295 kun, 1963 soat; 

- olti kunlik ish haftasida qisqartirilgan (36 soat) ish vaqtida ishlaydiganlar uchun: 295 kun, 1764 soatni tashkil etadi.

4.2. 2021-yil may oyidagi ish vaqtining me’yori:

- besh kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 19 kun, 151 soat; 

- olti kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 23 kun, 151 soat;

- olti kunlik ish haftasida qisqartirilgan (36 soat) ish vaqtida ishlaydiganlar uchun: 23 kun, 136 soatni tashkil qiladi.

4.3. 2021-yil iyul oyidagi ish vaqtiningme’yorri:

 - besh kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 21 kun, 167 soat; 

- olti kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 24 kun, 157 soat;

- olti kunlik ish haftasida qisqartirilgan (36 soat) ish vaqtida ishlaydiganlar uchun: 24 kun, 143 soatni tashkil qiladi.

4.4. 2021-yil dekabr oyidagi ish vaqtininme’yoryori:

 - besh kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 21 kun, 167 soat; 

- olti kunlik ish haftasida ishlaganlar uchun: 25 kun, 166 soat;

- olti kunlik ish haftasida qisqartirilgan (36 soat) ish vaqtida ishlaydiganlar uchun: 25 kun, 149 soatni tashkil qiladi.


(Ishlab chiqarish taqvimi va har choraklik ish vaqti me’yori Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-sayti www.mehnat.uz da joylashtirilgan).

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmonining 3-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq “byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi” deb belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6222-son Farmoniga muvofiq ushbu norma oʻzgartirishsiz qoldirilgan.

Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-maydagi PF-6222-son Farmoniga muvofiq belgilangan qoʻshimcha ikki kunlik dam olish kuni (14-may va 31-dekabr) tegishli ish yili uchun xodimlarning mehnat taʼtillari davomiyligini qisqartirilishiga olib kelmaydi.



Report Page