2021 yil yakunlari bo‘yicha rahbar BAYONOTI   

2021 yil yakunlari bo‘yicha rahbar BAYONOTI   

UZAGROIN

Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!

Qishloq ho‘jaligi sohasida oson yil bo‘lmagan.

Shu jihatdan o‘tgan yil ham tabiat injiqliklariga boy bo‘lib, bu ham yetmagandek pandemiya oqibatlari tufayli dexkon va fermerlarimiz uchun, umuman olganda barcha agrar soha xodimlari uchun sinovli yil bo‘ldi desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, qishloq va suv ho‘jaligi sohasining barcha yo‘nalishlarida Inspeksiyaning 3 ming nafarga yaqin xodimlari bilan qishning sovuq, yozning jazirama issig‘ida hamda karantin kuchaytirilgan paytlarda ham oldimizga qo‘yilgan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarishga barcha imkoniyatlarni ishga solib, qator ijobiy ko‘rsatkichlarga erishdik.

Buni biz 6-8 yanvar kunlari tumanlarda va 10 yanvarda esa viloyat boshqarmalarda 2021 yil yakunlari va 2022 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Inspeksiya markaziy apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishlarida guvohi bo‘ldik.

Bugun esa Men Sizlar hamda jamoatchilik oldida Agroinspeksiya tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlarimiz, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2022 yildagi ustuvor vazifalar haqida hisobot beraman.

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev boshchiliklarida barcha sohalarda bo‘lgani kabi, agrar sohada ham jadallik bilan olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan 10 yillik strategiyasi tasdiqlanib, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish, qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash hamda suv resurslaridan samarali foydalanishda og‘ishmay mexnat qilayotgan qishloq xo‘jaligi xodimlari yutuklarga erishmoqda.

Jumladan, o‘tgan 2021 yil davomida Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida  jami 161 ming 433 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan  97 ming 487 ta holatda qonunbuzilishlar aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha tegishli idoralarga 60 ming 878 ta ko‘rsatma, 5 ming 996 ta taqdimnoma va 133 ming 166 ta ogohnoma kiritildi. Tekshirish natijalari bo‘yicha tashkilot va korxonalarning mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan 30 ming 51 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, 5 mlrd. 628 mln.so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi, 5 ming 127 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Suvdan foydalanish sohasidagi qonunbuzilishlar yuzasidan 5 ming 248 ta holatda 6 mlrd. 316 mln so‘mlik moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish ustidan o‘z vaqtida nazorat o‘rnatilishi natijasida 10 mlrd. m3, shu jumladan sug‘orish mavsumida 8 mlrd. m3 suv iqtisod qilindi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ko‘llatib sug‘orish, suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish holatlarini joyida bartaraf etish orqali 2,6 mlrd.m3 suv resurslarini ortiqcha isrof bo‘lishining oldi olindi.

Shuningdek, Texnikaholatini nazorat qilish sohasida  Inspeksiya axborot tizimi Majburiy ijrobyurosi, Davlat xizmatlari agentligi va Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlariga integratsiya qilinib, qog‘ozda axborot almashish, ma’lumot olish, elektron shaklga o‘tkazildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilganxizmatlar uchun ommalashgan elektron

to‘lov tizimi orqali haq to‘lash imkoniyati yaratildi.Texnikalar mulk egalariga texnik ko‘rik uchun xabardor etishning elektron “SMS xabarnoma” dasturi ishga tushirildi.

Texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish uchun 14 dona zamonaviy mobil texnik ko‘rikdan o‘tkazish jihozlari xarid qilindi.

Axborot bazasiga kiritilgan 320 mingga yaqin texnikalarning 225 mingtasi yoki 71 foizi texnik ko‘rikdan o‘tkazilishiga erishildi.

Respublika bo‘yicha jami 179 mingta texnikaga 143 mingta texnik pasport va texnik guvohnoma, mexanizatorlarga 36 mingta traktorchi-mashinist guvohnomasi yangi ID kartali plastik shaklda berildi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish sohasida 280 ming tonna don ekinlari, 57 ming tonna urug‘lik chigit, 250 ming tonna kartoshka va 35 ming tonna boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari yetishtirilishi, aprobatsiyadan o‘tkazilishi, qayta ishlanishi va xo‘jalik sub’ektlariga sifatli urug‘lik yetkazib berilishi nazoratga olindi. 2022 yil hosili uchun sifatli, sara urug‘lik tayyorlash maqsadida 3 ming 777 nafar xo‘jalikning 121,3 ming gektar urug‘lik paxta, 3 ming 172 nafar xo‘jalikning 93,6 ming gektar urug‘lik g‘alla, 310 nafar xo‘jalikning 4,9 ming gektar urug‘lik sholi va 3 ming gektar urug‘lik kartoshka maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatildi.

Natijada, urug‘lik talablariga javob bermaydigan 20,3 ming gektar urug‘lik paxta, 17,7 ming gektar urug‘lik g‘alla, 857 gektar urug‘lik sholi va 86 gektar urug‘lik kartoshka maydonlari aniqlanib, yaroqsiz deb topildi va urug‘lik maqomidan chiqarilishi ta’minlandi.

G‘alla urug‘chiligi sohasida 2022 yil hosili uchun urug‘lik tayyorlash sexlari tomonidan 276,1 ming tonna davlat standarti talablariga javob beradigan sara urug‘lik don tayyorlanishga erishilib, sertifikatlangan urug‘liklarni joylarda tashkil qilingan 184 ta urug‘lik don tarqatish shoxobchalari orqali tarqatilishi nazoratga olindi.

2021 yilda tayyorlangan 1 ming 798 tonna urug‘lik chigit, 6 ming 794 tonna urug‘lik don,101 tonna urug‘lik kartoshka ekish uchun yaroqsizligi aniqlanib, ushbu urug‘liklarni fermer xo‘jaliklar, klaster va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga tarqatilishining oldi olindi.

Bu bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarga yetkaziladigan iqtisodiy zararning oldi olindi.

---------------------------------------------------

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Agrosanoat majmuida xizmatlar

ko‘rsatish markazining urug‘chilik sinov laboratoriyalarini yangilash va modernizatsiyalash uchun Jahon banki bilan jami 4 mln.

AQSh dollari kredit mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha kelishuvga erishilib, urug‘chilik

sinov laboratoriyalarida tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish ishlari boshlandi.

Markaz xalqaro ISTA (International Seed Testing Association) tashkiloti

uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi va maxsus sertifikatga ega bo‘ldi. Bu orqali

Markaz tomonidan beriladigan sertifikat Rossiya, Ukraina hamda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarida xalqaro darajada tan olinishiga erishildi.

Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sohasida 545 ta yog‘-moy korxonalarida tekshirish o‘tkazilib, 104 ta paxta texnik chigitini qayta ishlaydigan yog‘-moy korxonalari belgilangan talablarga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 216 tasi esa belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi.

2021 yil hosili uchun qabul qilinayotgan paxta xom-ashyosining namligi va iflosligini aniqlash bo‘yicha Arbitraj guruhlari tomonidan jami 869 ta murojaat ko‘rib chiqildi, 629 tasi yoki 72,4 foizi fermer xo‘jaliklari foydasiga, 240 tasi yoki 27,6 foizi tayyorlov korxonalari foydasiga hal etildi.

Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish sohasida naslchilik toifasida

faoliyat ko‘rsatayotgan jami 1 ming 431 ta korxonalarning elektron ro‘yxati

(bazasi) shakllantirildi. Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish sohasida 1 mln 38 ming 104 gektar maydonga

boshoqli don ekinlari ekilishi va parvarish ishlarida bevosita ishirok etildi va tegishli nazorat o‘rnatildi.

2021 yil davomida Inspeksiyaning rivojlantirish jamg‘armasiga xizmat ko‘rsatish hamda ma’muriy va moliyaviy jarimalardan jami 147 mlrd. 905 mln. so‘mlik mablag‘

tushirildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning jami 1 ming 293 ta murojaatlaridan 1 ming 49 tasi ko‘rib chiqildi, 51 ming 550 ta jismoniy shaxs va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.

Axborot texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishida ma’muriy huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olishning yagona elektron (e-mamuriy ish) tizimi yo‘lga qo‘yildi. Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnomalarni tezkorlik bilan Ichki ishlar vazirligining axborot tizimiga kiritish hamda ma’muriy huquqbuzarliklar va jarimalarning elektron monitoringini yuritish imkoniyati yaratildi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Inspeksiyaning uzagroteh.uz, uzteh.uz,

tm.uzagroteh.uz (haydovchilik guvohnomalarini olishda elektron test topshirish

va berish tizimi) axborot tizimlari ishlabchiqildi.

Korrupsiya

xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash, chek qo‘yish, oqibatlarini, imkon beruvchi

sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda minimallashtirish maqsadida

Inspeksiya markaziy apparatida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tashkil

etildi, Nizomi tasdiqlandi, hududiy boshqarmalarda uning vazifalarini amalga oshirish

Kadrlar bo‘yicha mas’ul xodimga yuklatildi.

Inspeksiyaning korrupsiyaga karshi

kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar

to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi yana 10 ta ichki me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 6 ta mavzu bo‘yicha

huquqiy bilimlari oshirildi.

Xodimlar bilan tuzilgan 4 mingdan ortiq mehnat shartnomalariga, xodim

mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy

hatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiste’mol qilmaslik kabi qator

majburiyatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi.

Davlat xaridlari bo‘yicha kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarning “Taraflarning javobgarligi bo‘limiga” korrupsiyaga

qarshi kurashishning asosiy shartlari majburiy kiritildi.

Ijtimoiy so‘rov o‘tkazilib, bir qator ustuvor va istiqbolli vazifalarni amalda hal qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni olish bo‘yicha maxsus bot ishga tushirilib,

murojaatlarni “Ishonch telefoni” va rasmiy veb-sayt orqali olish imkoni ham takomillashtirildi.

Inspeksiya faoliyat yo‘nalishlariga oid qonunchilik hujjatlari matni bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan moneliksiz tanishishga imkon yaratish maqsadida 128 ta

normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati va hujjatlarning elektron shakli rasmiy veb-saytga joylashtirildi. korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari

samaradorligini reyting baholash bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ijroga qaratildi.

Nazorat tadbirlarini xolisona, prinsipial va qonun hujjatlari talablariga asosan o‘tkazish, tovlamachilik va shu kabi boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar kiritildi.

Sohadagi ishlar va chora-tadbirlarning hisoboti veb-saytga joylashtirildi.

 A. Vaxabov, O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

 Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i  

 



Report Page