2020 yil 19-oktabr kuni matematik savodxonlik doirasida "O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash" mavzusida seminar tashkil qilindi.

2020 yil 19-oktabr kuni matematik savodxonlik doirasida "O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash" mavzusida seminar tashkil qilindi.


Sirdaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mas’ulligida 2020 yil 19-oktabr kuni Guliston shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 11-sonli tayanch maktabida matematik savodxonlik doirasida "O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarni o‘zining kirish so‘zi bilan Sirdaryo viloyat xalq ta'limiboshqarmasi ta'lim sifati monitoring bo‘limi boshlig‘i M.Mamanazarov ochib berdi. Tadbirda so‘zga chiqqan 11-sonli tayanch makatabining trener o‘qituvchisi Z.Babayeva maktablarda matematikani o'qitishning dolzarb muammolariga alohida tuxtaldi. Shundan so‘ng Guliston shahar XTIMIning matematika fani o’qituvchisi B.Atanov “Trigonometriya bo‘limining amaliy tatbiqlari” mavzusida, Guliston shahar 8-maktabining matematika fani o’qituvchisi H.Djalilova "Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning matematik savodxonligini baholash: Garaj" mavzusida

Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri O.Daminov viloyatimiz umumta’lim maktablarida matematikani o'qitishning dolzarb muammolari, ilg‘or milliy hamda xorijiy tajribalar bilan qiyosiy tahlili, ta’lim tizimida o‘qish, matematika, tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ta’lim oluvchilarni xalqaro baholash dasturlarida samarali ishtirok etishlariga psixologik tayyorlash masalalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bayyon qildi.

Guliston shahar 11-sonli maktabning boshlang‘ch ta'lim o‘qituvchisi M.Mirzayeva bugungi pandemiya sharoitida uyda online rejimda ta'lim olayotgan maktabning 5-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda "Arifmetik jumboqlar" mavzusida trening tashkil qildi. Seminarga viloyatimizdagi barcha tayanch maktablarning trener-o‘qituvhilari hamda guliston shahridagi matematika hamda informatika va axborot texnologialari fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Ushbu seminar davomida mutaxassis fan o‘qituvhilari bunday seminar-treninglarni har oyda tashkil etib borish bo‘yicha kelishib olindi.


Report Page