2019-yildagi 10ta eng yaxshi tillar.

2019-yildagi 10ta eng yaxshi tillar.

Clean Code Education

Agar siz dasturlash olamiga endi kirib kelgan bo`lsangiz, sizning hayolingizga birinchi bo`lib keladigan narsa albatta, "Nimadan boshlash kerak?" degan savol bo`ladi. Bu sizni o`ylantirishi aniq!

Siz tanlashingiz mumkin bo`lgan yuzlab dasturlash tillari mavjud, lekin qaysi biri sizga ma'qul, sizning qiziqishlaringiz, karyerangiz va ishga oid maqsadlaringizga mos keladi?

2019-yil uchun o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tilini tanlashning eng oson usullaridan biri - bu bozorga quloq tutish, texnologiya trendining qayerga ketayotganiga e'tibor berishdir!

Yuqoridagi savol orqali web development, mobile development, game development va shunga o`xshash sohalarga mo`ljallangan bir necha dasturlash tillariga duch kelasiz va ulardan ko`pchiligi xaridorgir va mashhurdir.

Oxir-oqibat, siz o`zingizning qiziqishlaringizga mos dasturlash tiliga oid tasavvurlarga ega bo`lasiz va bu sizning kelajakdagi ishingizga o`z ta'sirini o`tkazmay qolmaydi.

Keling, sizning ushbu ehtiyojingizni qondirishga harakat qilamiz. Quyida 2019-yilda eng talabgir bo`lishi kutilayotgan 10ta dasturlash tili haqidagi ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz:

1. JavaScript

Hozirgi kunda JavaScriptsiz web dasturlar yaratishni tasavvur qilib bo`lmaydi. Ushbu dasturlash tili ayniqsa front-endda keng qo`llanilib kelmoqda.

Stack Overflow’s 2018 Developer Survey sahifasidagi ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, JavaScript 6 yil davomida ishlab chiquvchilar o'rtasida ketma-ket eng mashhur til hisoblanib kelinmoqda. Va ularning taxminan 65 foizi o'tgan yili ushbu tilni qo'llagan.

JavaScript "yengil" til hisoblanib, front-end developmentda asosiy rol o`ynaydi. Hatto ba'zi yirik ijtimoiy media platformalari ham JavaScript-ni interfaol veb-sahifalarni muammosiz yaratish uchun oson yo'l deb bilishadi.

JavaScript barcha asosiy brauzerlar bilan moslashuvchanlik qobiliyati tufayli ko`pchilik uni afzal ko'radi. Front-end tili hisoblanadigan JavaScript Node.js orqali server tomonida ham ishlatilishi uning yangi qirrasi bo`ldi desak, mubolag`a bo`lmaydi.

Eng muhimi, yuqoridagi ko`rsatkichlar yangi boshlovchilar orasida JavaScriptni eng yaxshi dasturiy tilga aylantirdi.


2. Python

Pitonni 2-o`rinda ko`rish ko`pchilikni ajablantirishi mumkin; Piton ko'plab tadqiqotlarda 5-o`rinda joylashgan. Hozir uning nega 2-o`rinda ekanligini bilib olamiz.

Python - umumiy maqsadlarda foydalaniladigan, foydalanuvchilar uchun qulay bo`lgan dasturlash tilidir. Uni bu darajaga nima ko`tardi? Java kabi, Python sintaksisi tushunarli, intuitiv va deyarli ingliz tilida. Pythonning "ob'ektga asoslangan" qismining qayerlaridir JavaScriptni eslatadi.

"Stack Overflow " ga ko'ra, "To be adopted or migrated to be—or to migrate too soon” ko`rsatkichi Piton uchun uchun 12 foizni tashkil etadi. Umuman olganda, Pitonga "o`tib olgan" odamlar 42 foizga yaqin bo'lib, bu Pitonni 2-o`ringa qo`yishimizga sabab bo`ldi.

Agar siz o`zingizni back-endda sinab ko`rib Django(Pitonda yozilgan Open-source framework) kabi framework yaratmoqchi bo`lsangiz, unda Piton eng yaxshi variant. Bundan tashqari, python ko'p qirrali va kuchli kutubxonalarga ega.

Ilmiy hisob-kitoblar, Deep learning va injeneriyada keng qo`llanilishiga qaramay, Pitonda sodda dasturlar tuzish ham anchagina rivojlangan.

3. Java

Agar kimdir nega Java 3-da deb so'rasa, unga tez-tez uchraydigan quyidagi jumla bilan javob beriladi: "bir marta yozing, hamma joyda ishlating"(WORA - Wrote Once, Run Anywhere). Java oxirgi 20 yil davomida hukmron bo`lgan dasturlash tilidir. Java 99% ob'ektga asoslangan va java obyektlari tashqi ta'sirdan to`liq himoyalanganligi uchun kuchli sanaladi. Java C ++ dan osonroq, chunki Java xotirani avtomatik boshqarish va Garbage Collection(Ishlatilmayotgan obyektlarni o`chirib tashlashning avtomatlashgan tizimi)ni ishlatadi.

Java platformadan mustaqil. Qayerda kodlashingizdan qat'iy nazar, kodlaringizni quyi darajadagi bytekodga kompilyatsiya qiling va JVM - Java Virtual Machine yordamida har qanday platformada ishlating.

Java Android operatsion tizimi uchun bazaviy til bo`lib, turli back-end ilovalarni ishlab chiqarish uchun 90% fortune 500 companies tomonidan tanlangan . Amazon Web Services va Windows Azure tomonidan boshqariladigan eng katta sensatsion Apache Hadoop ham Javada yozilgan.

Katta amaliy dasturlar bilan keng moslashuvchanlik va sodda sintaksis - boshlovchilar uchun Javani jozibador qilib ko`rsatadi.

4. C / C++

"Qari bilganni pari bilmas" - C bu maqolni turli yo'llar bilan isbotladi. 1970-yillarning oxiriga kelib, C dasturlash dunyosiga katta hissa qo'shdi.

C bir qancha dasturlash tillarining otasi bo'lgan; Ba'zilari C ustiga qurilgan yoki uning sintaksisini qisman o`zgartirib o`zlashtirgan, ba'zi tillar esa tuzilmalaridan va paradigmalaridan foydalangan, jumladan Java, Objective-C va C# C dan ilhomlangan.

Hatto bugungi kunda ham yuqori sifatli dasturlarni yaratish zarurati paydo bo'lganda, C bu ehtiyojni to`la qondirishga qodir bo`lgan eng mashhur dasturlash tillaridan biridir.

Linux operatsion tizimi ham C asoslangan. C++ esa C ning gibrid versiyasi hisoblanadi. C++ dasturlash tili - ob'ektga asoslangan dasturlash tili va u C asosiga qurilgan. Shuning uchun yuqori darajadagi ilovalarni loyihalashtirish uchun C++ni boshqalardan afzal ko`rishadi.

C ++ tilidan keng foydalaniladigan sohalar: virtual reallik, o'yinlar yaratish, kompyuter grafikasi va boshqalar.

5. PHP

Bir fakt sizni hayratda qoldiradi. Aslida Rasmus Lerdorf tomonidan o`zi uchun taqdimot vaqtida shaxsiy sahifa (PHP - Personal Home Page) yaratish maqsadida yaratilgan til bugungi kunda butun dunyo bo'ylab veb-saytlarning 83%i ga asos hisoblanadi.

PHP Gipermatnning Preprotsessori bo'lib, umumiy maqsadga mo'ljallangan dasturiy tildir. Shubhasiz, PHP serverda tomonda ishlaydigan skript tilidir va u HTML-da yozilgan veb-sahifalarni yaratish uchun ishlatiladi. Bepul ekanligi, oson o`rnatilishi va sodda sintaksisi uni "yangilar" orasida mashhur qilib yubordi.

PHP butun dunyodagi veb-ishlab chiquvchilar uchun mos tanlovdir. U veb-sahifalardagi dinamik kontent(bo`lakcha)lar va tasvirlarni yaratishda keng foydalaniladi. Uning 5-o`rindaligiga sabab uning keng foydalanilishidir. Bundan tashqari, PHP WordPress CMS (Content Management System)ning asosi hisoblanadi.

PHPning 5-o`rindan yuqorilamaganiga sabab, u veb-saytning ishlash tezligini pasaytiradi va yuklash vaqtini sekinlashtiradi.

6. Swift

Ro'yxatning keyingi a'zosi - Swift. Swift nomiga mos ravishda tezkor, Apple Inc. tomonidan ishlab chiqilgan umumiy maqsadli, open source(barcha uchun ochiq bo`lgan) dasturlash tildir. Agar siz iOS yoki Mac OS ilovalari ishlab chiqmoqchi bo'lsangiz, buning uchun Swift sizga beminnat xizmat qilishi turgan gap.

Swiftda Python va Rubyning ta'siri yaqqol seziladi va u boshlovchilar uchun yaxshi tanlov. Unda kod yozish esa juda qiziqarli. Swift o'zidan oldingi sherigi Objective-C ga qaraganda tezroq, xavfsizroq va kodlari o`qilishi osonroq bo`lgan dasturlash tili hisoblanadi.

Objective-C dan farqli o'laroq, Swift kamroq kod yozishni talab qiladi va tabiiyki, sintaksis ingliz tiliga asoslangan. Shu sababli mashhur tillar(JavaScript, Java, Python, C# va C++)dan Swiftga "sakrash" juda oson.

Shunga qaramay, ba'zi kamchiliklar uning "jozibasi"ni to`sib qo`ymoqda. Boshqa ochiq manbali(open source) tillarga nisbatan atrofingizda Swift dasturchilar nisbatan kam. So'nggi tadqiqotlarga ko'ra, 78,7 ming nafar respondentning faqat 8,1 foizi Swiftdan foydalanmoqda, bu esa boshqalarga qaraganda ancha kamroq. Bundan tashqari, har bir yangilanish(release)dan so`ng Swiftning barqarorligi borgan sari tushib bormoqda.


7. C # (C Sharp)

C-Sharp 2000 yilda Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kuchli, ob'ektga asoslangan dasturiy tildir. U desktop application(siz har kuni ishlatadigan Pot player yoki AIMP)lar yaratish uchun ishlab chiqilgan til bo`lib, bunday ilovalar uchun .NET(dotNet) framework talab qilinadi.

Microsoft Javaga raqib sifatida C# ni ishlab chiqdi. Aslida, Sun Microsoftning Javaga aralashuvini xohlamadi. Shunday qilib, C# dunyo yuzini ko`rdi.

C# yangi boshlovchilarga o'rganishni osonlashtiradigan turli xil xususiyatlarga ega. 

Muxtasar qilib aytganda, veb-ilovalarni, desktop applicationlarini ishlab chiqish va Virtual Reallik, 2D va 3D o'yinlarda C#ning natijalari a'lo. Xamarin kabi cross-platformali vositalar ham C#da yozilgan.

8. Ruby

1990-yillarning o'rtalarida Yaponiyada ishlab chiqilgan soddalik va mahsuldorlikka qaratilgan open source, dinamik dasturlash tili. Ushbu tilning dasturiy muhiti sodda va qiziqarli.

"Ruby on Rails" Ruby dasturlash tilining frameworki bo`lib, full stack developerlar uchun mo`ljallangan va u Rubyning keng tarqalishiga salmoqli hissa qo`shgan. Ruby dinamik bo`lib, unda qat'iy qoidalar mavjud emas va u ingliz tiliga juda o'xshash yuqori darajadagi tildir.

Xulosa qiladigan bo`lsak, Rubyda ixcham qatorli kodlar bilan dastur tuzishingiz mumkin. Lekin Rubyning asosiy muammolaridan biri tilning dinamikligi bo`lib, uni bir tekisda olib borish oson emas va uning moslashuvchanligi ishlash tezligini sekinlashtiradi.


9. Objective-C

Objective-C (ObjC) ob'ektga asoslangan dasturlash tilidir. Apple X va iOS operatsion tizimlari va ularning dasturiy interfeyslari (API) uchun foydalaniladi. 1980-yillarda ishlab chiqilgan va dastlabki operatsion tizimlarning ayrimlari tomonidan ishlatilgan.

Objective-C ob'ektga asoslangan, umumiy maqsadli dasturlash tili. Asosi C dasturlash tili ekanligi va qo`shimcha ravishda bir necha xususiyatlari tufayli uni gibrid C deb ham atashingiz mumkin.


10. SQL

SQL(Structured Query Language - Strukturalangan So'rovlar Tili) ma'lumotlar bazalarini boshqarish uchun dasturiy tildir. U relatsion ma'lumotlar bazasida saqlanadigan ma'lumotlarni boshqarishda ishlatiladigan amallarni o'z ichiga oladi.

SQL ma'lumotlar aniqligi va xavfsizligini ta'minlaydi, shuningdek, uning o'lchamidan qat'iy nazar ma'lumotlar bazalarining yaxlitligini saqlashga yordam beradi.

SQL bugungi kunda web frameworklar va ma'lumotlar bazalariga asoslangan dasturlarda keng ishlatiladi. Agar siz SQLni yaxshi bilsangiz, ma'lumotlarni qidirish va ma'lumotlar bazasini optimallashtirish bo'yicha yaxshiroq query(so`rovlar) yoza olasiz.

Agar siz SQLni kelajakdagi tanlovingiz sifatida qabul qilishni rejalashtiryotgan bo'lsangiz, avval C yoki C ++ni o`rganish foydadan holi bo`lmaydi.

E'tobor bering!

"Qaysi til eng yaxshi?" degan savolga hozirgi o`zgaruvchan davrda javob topish mushkul. Chunki, kun sayin har bir tilga yangi qo`shimchalar kiritib, yangilanib bormoqda va bu o`z navbatida ularning ro`yxatdagi o`rniga o`z ta'sirini o`tkazmoqda.

Agar siz o`zingizga yo`nalishni aniqlab olgan bo`lsangiz unda quyidagilardan birini tanlash siz uchun qiyinchilik tug`dirmaydi:

  • Front-end veb-saytlar ishlab chiqish - JavaScript
  • Back-end veb-saytlarni ishlab chiqish - JavaScript, Python, Java, PHP, Ruby, C#
  • Desktop ilovalari - Java, C++, Python
  • Mobil ilovalar - Swift, Java, C#
  • O'yinlar yaratish - C++, C#


Yana bir bor, eng yaxshi 10 ta dasturlash tillari ro'yxati:

  1. JavaScript
  2. Python
  3. Java
  4. C / CPP
  5. PHP
  6. Swift
  7. C #
  8. Ruby
  9. Objective- C.
  10. SQL

Clean Code Education

____________________________________________________________________________

Motivation

Xar ishni o'z qiyinchiliklari bor xechqachon bu ish oson demang!

Sabr qilib doim xarakatda bo'ling.

Maqsadga yetish oson bo'lmaydi lekin uni yakuni G'alabadir!

Murojat uchun telfonlarimiz:

📞+99890-966-99-94 


👔Admin bilan bog'lanish1

🌐Manzil: Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy ko'chasi 21 uy

📍Mo'ljal: G'afur G`ulom metrosi.

____________________________________________________________________________

Eslatma:

Biz son uchun emas Sifat uchun ishlaymiz!




Report Page