2-tur.

2-tur.

mad_max93

13-savol. Savolda ikki so’z BU ISHNI QILISH so’zlari bilan almashtirilgan.  

Eduard Tsa’re hokkusini yozib oling:  

Qishki tun

Oxirgi tramvay

Faqatgina BU ISHNI QILMOQDA  

Diqqat savol: Qaysi kimyoviy element nomi BU ISHNI QILUVCHI so’zlaridan hosil bo’lgan?

Javob: Fosfor.

Qabul: Aniq javob

Izoh: Hokku “... yorug’lik (nur) tashimoqda” so’zlari bilan yakunlanadi. Darhaqiqat, bo’m-bo’sh tramvay qorong’u tunda huddi faqatgina yorug’likni tashib yurgandek ko’rinadi. Fosfor so’zi yunoncha “nur” va “tashiyman” so’zlaridan hosil bo’lgan.

Manba(lar): https://t.me/haiku_poetry/550

Muallif: Sardor Ahmedov    

14-savol. Savolda boshqa so’z “beshinchi” so’zi bilan almashtirilgan.

Koson tumanida “Annabozor” qishlog’i mavjud. Aytishlaricha, qishloq nomidagi “anna” so’zi “beshinchi”ning fonetik o’zgarishga uchragan shakli ekan.

Diqqat savol: Kim 1927-yilda “Beshinchi” nomli qissa yozgan?

Javob: [Sadriddin] Ayniy

Qabul: Sadriddin Said-Murodzoda.

Izoh: Toponimning etimologiyasi bu yerda juma kuni bozor bo’lishi bilan bog’lanadi. Arab tilida juma – odina deyiladi. “Odina” fonetik o’zgarish tufayli “anna”ga aylangan ekan.

Manba(lar): To’ra Nafasov, Vazira Nafasova, “O’zbek tili toponimlarining o’quv-izohli lug’ati”.

Muallif: Bobur Maksimov

15-savol. Tarqatma material.

Tarqatmada siz mashhur guruhga bag’ishlangan o’ziga xos karikaturani ko’rib turibsiz. Karikatura muallifi unga guruh nomini o’zgartirish orqali yangi nom bergan.

Diqqat savol: O’sha yangi nomni yozib bering.

Javob: Italica

Qabul: Itallica

Izoh: Karikatura mashhur “Metalliсa” guruhiga bag’ishlangan. Ular nishab ostida tasvirlangani sababli muallif guruhga “Itallika” nomini bergan.    

Manba(lar): 

1.   https://pikabu.ru/tag/%D0%9A%D1%83%D1%80%D1%81%D0%B8%D0%B2

2.   https://ru.wikipedia.org/wiki/Metallica

3.   https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%83%D1%80%D1%81%D0%B8%D0%B2#%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%80%D0%B8%D1%8F

Muallif: Bobur Maksimov

16-savol. 1969-yilda yozilgan romanda 26 ta bob ichidan beshinchisi ham yo’q ekanligiga guvoh bo’lishmiz mumkin.

Diqqat savol: Uning muallifi familiyasini asar uslubiyatiga mos ravishda yozib bering.

Javob: Prk

Qabul: Jorj Prk

Izoh: Jorj Perekning mashhur “Yo’qolish” asari lipogramma usulida yozilgan bo’lib, unda fransuz tilida eng ko’p ishlatiladigan “e” harfi biror marta ham ishlatilmagan. “E” harfi 26 harfdan iborat fransuz alifbosining 5-harfi bo’lgani uchun 5-bob ham “yo’qolgan” ekan. Perek familiyasidan barcha “e” harflarini olib tashlab yozsak “prk” so’zi hosil bo’ladi.

Manba(lar):

1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Исчезание

2. http://irgol.ru/frantsuzskij-alfavit/

3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Липограмма

Muallif: Bobur Maksimov    

17-savol. Savol matnida IKS bilan uchta so'z almashgan.  

Buxoro shahrida sayohat qilayotgan savol muallifi, milliy mahsulotlar va buyumlar sotilayotgan rastani tomosha qilarkan, turistlarga qulay bo'lishi uchun har bir buyum ostiga inglizcha ta'rif va izohlar yozilganligini ko'radi. Xususan, sumak yonida yozilgan ta’rifni IKS deb tarjima qilish mumkin edi.

Diqqat savol: Kimning asarida IKS yozuvini ko’rish mumkin?  

Javob: [Rene] Magritt.

Qabul: Aniq javob.

Izoh: Sumak yonida "Bu trubka emas" (This is not a pipe) so'zlari yozilgan edi. Ko'p hollarda turistlar uni trubka deb o'ylashlarini bilasiz. Rene Magrittning “Aldamchi timsollar” (Вероломство_образов ) kartinasida “Ceci n’est pas une pipe” ya’ni “Bu trubka emas deb yozilgan”.

Manba(lar):

1. ЛОАВ

2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Вероломство_образов

Muallif: Suhrob Sharipov  

18-savol. “The New York Times” jurnalisti Bill Berklining “Qabrlar hali to’lmagan” nomli romanida o’tgan asr 90-yillari o’rtalarida radiodan yozib olingan quyidagi jumlalarni o’qish mumkin: “Ba’zi dushmanlardan o’tib ketdingiz. Qayting va ularni o’ldiring. Qabrlar hali to’lmagan.”

Diqqat savol: Ushbu radio QAYSI mamlakatda faoliyat olib borgan?  

Javob. Ruanda Respublikasi

Qabul: Ruanda

Izoh: 1994-yilda Ruandada yuz bergan tutsilar genotsidi uchun asosiy tashviqot quroli “Ming tepalik erkin radio va televideniyasi” nomli radio bo’lgan.

Manba(lar):

1. https://ru.wikipedia.org/wiki/Свободное_радио_и_телевидение_тысячи_холмов

2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Геноцид_в_Руанде

Muallif: Bobur Maksimov  

19-savol. A’ka Ma’nto – yapon mahalliy afsonalariga ko’ra hojatxonadagi odamlarga ko’rinadigan hamda qizil yoki ko’k xojatxona qog’ozidan birini tanlashni taklif qiladigan yovuz ruh. Qiziq tomoni, har ikki tanlovning ham oxiri o’lim. UNING epizodlaridan birida personajlardan biri boshqalarga Aka Mantoga o’xshash taklif bilan chiqadi.

Diqqat savol: UNING nomini ikki so’z bilan yozib bering.  

Javob: “Kalmar o’yini”

Qabul: Ojino Geim; Ojing-eo Geim

Izoh: Mashhur serialda qahramonlarni o’yinga jalb qiluvchi personaj odamlarga qizil va ko’k kartochkani tanlab, o’yin o’ynab ko’rishni taklif qilardi. Masalan, bosh qahramon bilan ham ular metroda ana shunday o’yin o’ynashgani esingizdadir. Xvan Don Xyok bu holatni aynan Aka Mantoga ishora sifatida filmga qo’shgan.

Manba(lar):

1)   https://ru.wikipedia.org/wiki/Ака_Манто

2)   https://ru.wikipedia.org/wiki/Игра_в_кальмара

Muallif: Bobur Maksimov  

Keyingi savolga tarqatma material bor.  

20-savol. 1980-yillarda Germaniyada namoyish etilgan “Talabaning o’limi” serialining har bir qismi boshida, biror talaba o’zini poyezd ostiga tashlab joniga qasd qilishi tasvirlangan. Bu esa keyinchalik real hayotda mudxish statistikaning oshishiga sabab bo’lgan.

Diqqat savol: Bu ma’lumot keltirilgan Wikipediya maqolasi nomida sarlavhasida qaysi personaj nomini uchratish mumkin?

Javob: Verter

Qabul: Aniq javob

Izoh: Verter effekti – televizor yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan o'z joniga qasd qilish holatlaridan keyin sodir bo'ladigan o'z joniga qasd qilish to'lqinini ifodalaydi. Effekt nomi Iogann Gyo’tening “Yosh Verterning iztiroblari” nomli sentimental romanining qaxramoni nomidan olingan.

Manba(lar): https://ru.wikipedia.org/wiki/Эффект_Вертера

Muallif: Bobur Maksimov  

      21-savol. Tarqatma material

“Japan spam” telegram kanali muallifi mazkur suratdagi uysizlar haqida gapirar ekan UNI esga oladi.

Diqqat savol: Uni ikki so’z bilan yozib bering?

Javob: Toshlar bog’i.

Qabul: Ryo’andzi bog’i

Izoh: Toshlar bog’i (карэсансуй; сэкитэй) Yapon madaniyatiga xos estetik majmua bo’lib, asosan qumloq  yerga yotqizilgan toshlardan iborat ansambl hisoblanadi. Undagi toshlarga qaysi nuqtadan qaramang, bittasidan tashqari barcha toshlarni ko'rishingiz mumkin. Kanal muallifining fikriga ko’ra Shibuya stantsiyasida uysizlar ham huddiki ana shunday prinsip asosida joylashgandek go’yo.

Manba(lar):

1.                 https://t.me/bjapan/1462 2.                 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B0%D0%B4_%D0%BA%D0%B0%D0%BC%D0%BD%D0%B5%D0%B9

Muallif: Sardor Ahmedov

22-savol. XIX asr o’rtalarida, boshi og’riyotganidan shikoyat qilib kelgan bir odamni Antonio elektroshok bilan davolashga qaror qiladi. Kontakning bir uchini tiliga qo’yib turgan bemor og’riqdan baqirib yuboradi. Bu paytda Antonio batareyalar joylashgan boshqa xonada edi. Bu voqeadan hayratlangan Antonio holatni yaxshiroq o’rganishga BEL bog’laydi.

Diqqat savol: Antonioning familiyasini yozib bering?

Javob: Meuchchi.

Qabul: Meucci

Izoh: Bemorning ovozi Antonio o’tirgan xonaga sim orqali yetib kelgan. Shundan keyin u ovozni masofadan-masofaga sim orqali yuborish ustida tajribalar o’tkaza boshlagan va keyinchalik telefonni ixtiro qilgan. AQSh kongressi 2002-yil 11-iyunda rezolyutsiya qabul qilib, tarixiy haqiqatni tiklagan hamda Antonio Meuchchini telefon ixtirochisi sifatida tan olgan. Ma’lumot uchun, rezolyutsiyani senat imzolamagani uchun telefon ixtirochisi kim ekani haliyam baxsli hisoblanadi. Savoldagi BEL bog’laydi so’zlari boshqa ixtirochi haqida eslatgan bo’lsa ajab emas.

Manba(lar): https://ru.wikipedia.org/wiki/Меуччи,_Антонио

Muallif: Bobur Maksimov    

23-savol. Ergotizm – tarkibida zamburug’ bo’lgan mahsulotlarning, misol uchun javdarni iste’mol qilish natijasida organizmga toksinlar tushishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Uning oqibatida odamda ko’ngil aynishi, gallyutsinatsiya va ichak sanchiqlari kuzatilishi mumkin. Linda Kaporaelning ilmiy maqolasida aytilishicha, XVII asr oxirlarida BU SHAHARDA yuz bergan voqealarga ham shu kabi zaharlanish sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

Diqqat savol. U yer deganda qayer nazarda tutilmoqda?

Javob. Salem

Qabul: Seylem

Izoh: Salem shahrida yuz bergan jodugarlar qirg’ini esingizda bo’lsa kerak. U yerda jodugarlar paydo bo’lgani haqidagi gaplar yosh qizaloqlarning o’zini g’alati tuta boshlashidan boshlangan. Buni hamma ularning jodulanganiga yoygan. Biroq, Kaporael o’z tadqiqotida o’sha qizchalarning ergotizm bilan zaharlangan bo’lishi mumkinligi haqidagi g’oyani ilgari surgan. Mantiqan olib qaralsa ham, o’sha paytda ovqatlanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmagani bu versiyaning haqiqatga yaqin bo’lganini tasdiqlashi mumkin.

Manba(lar):

1.                 https://en.wikipedia.org/wiki/Ergotism 2.                 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D0%B9%D0%BB%D0%B5%D0%BC_(%D0%9C%D0%B0%D1%81%D1%81%D0%B0%D1%87%D1%83%D1%81%D0%B5%D1%82%D1%81)

Muallif: Bobur Maksimov  

24-savol. Den Braunning “Da Vinchi kodi” asarida yepiskop Aringarosa avvaliga cherkov fitnalari tashkilotchisidek tuyuladi. Biroq oxir-oqibat haqiqiy antagonist boshqa personaj ekani ma’lum bo’ladi. Yepiskop ismidagi “rosa” – “qizil” degan ma’noni anglatadi.

Diqqat savol. “Aringa” qanday tarjima qilinishini bir so’z bilan yozib bering.

Javob. Seld

Qabul: Aniq javob.

Izoh: Qizil seld (red herring) iborasi aniq bir muammodan chalg'itadigan hamda badiiy asar yoki filmlarda o'quvchi yoki tomoshabinni syujet borishi haqida noto'g'ri tasavvurga kelishga majbur qiladigan manyovr. Aringarosa ham butun syujet davomida odamlarni ana shunday chalg’itadi.

Manba(lar):

1. https://en.wikipedia.org/wiki/Red_herring 

2. https://t.me/nota_bene1/1860

3. https://translate.google.com/?hl=ru&sl=it&tl=uz&text=Aringaop=translate

Muallif: Bobur Maksimov  


Report Page