Surxondaryo viloyati Angor tumani 2-sonli umumta‘lim maktabida 25- may -"Xayr maktab-salom kelajak!" shiori ostida bitiruvchilarning "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi o'rinbosari U.Turapov,Angor tuman hokimligi tashkiliy nazorat va kadrlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i I.Mustaramov va Angor XTB mudiri N.Mamadiyarov ishtirok etishdi.
Tadbirda 2020-2021- o‘quv yilidagi a‘lo baholari va namunali xulqi uchun o‘quvchilarga shuningdek fidokorona xizmatlari uchun ta'lim muassasasining pedagog o'qituvchilari maktab ma‘muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanildi.