(2-qism) Xalifa Xorazmshohlar davlatini o‘rtadan ko‘tarish uchun oxirgi imkoniyat sifatida sharqda kuchga to‘lib kelayotgan Chingizxonni ham da’vat qila boshladi.

(2-qism) Xalifa Xorazmshohlar davlatini o‘rtadan ko‘tarish uchun oxirgi imkoniyat sifatida sharqda kuchga to‘lib kelayotgan Chingizxonni ham da’vat qila boshladi.


Bu haqida o‘sha davr tarixchilaridan Ibn al-Asirning “Komil tarix” asarida ham ma’lumot keltiriladi. Xususan, asarda “xalifa Nosirning Chingizxonni Islom ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan Sulton Alouddin Muhammad ustiga yurish qilishga da’vati bu eng katta gunohlardan ham katta va kechirilmaydigan gunohdir”, deb ma’lumot beradi tarixchi. Haqiqatdan ham, Nosir xalifalar ichida ko‘p hukmronlik qilgan va fitna-fasodlarining ko‘pligi bilan ajralib turadigan xalifa bo‘lganligi manbalardan ma’lum.

Albatta, xalifaning bu to‘g‘ridagi maktublari bizgacha yetib kelmagan. Lekin g‘arb olimlari XIX-XX asrlarda qilgan tadqiqotlarida xalifaning maktublari shaklini o‘rganganlar va ular o‘z tadqiqotlarida bu to‘g‘rida bir qator ma’lumotlar qoldirilganlar.

Ma’lumki, xalifalik hududlaridan Mo‘g‘ul davlatiga o‘tadigan karvonlar Movaraunnahr va Turondan o‘tishlariga to‘g‘ri kelar, bu yerlar esa Alouddin Muhammad qo‘l ostida.

Qonun-qoidalarga ko‘ra, karvonda maktub yoki shunga o‘xshash hujjatlar bo‘lsa, albatta u Sultonning chegara xizmatchilari tomomnidan o‘rganilar, mazmuni va maqsadi surishtirilar edi. Shu sababdan xalifa Nosir tomonidan mo‘g‘ul xoniga yuboriladigan maktublar nihoyatda puxtalik va ayyorlik bilan olib o‘tilardi. Aksariyat maktublarni xalifa Chingizxon huzuriga maxsus tayyorlangan odamning boshiga bitib jo‘natar, buning uchun bugun biz tatirovka deya biladigan uslubdan foydalanardi. Ya’ni masalan bir gal xalifa ko‘zi ojiz odamning boshidagi sochlarini to‘liq oldirib, boshining tekis yuzasiga tatirovka shaklida xatni yozadi va sochi o‘sganidan so‘ng Qoraqurumga ketayotgan karvoniga qo‘shib jo‘natadi. Karvon manzilga yetib borgach, xonning huziriga olib borishadi va ko‘zi ojiz qulning sochi qir tishlanadi. Shu tariqa qulning boshiga yozilgan maktub o‘qib olingach, qul boshidan ham judo qilinadi.

Bu ma’lumotlar bir qancha tadqiqotlarda o‘z aksini topgan.

Chingizxonning Xorazmshohlar ustiga yurish qilishiga xalifa Nosirning maktubi sabab bo‘lgan demoqchi emasmiz. Lekin shu davrning din himoyachisi bo‘lgan xalifaning bu qilmishini aslo oqlab bo‘lmaydi. Taqdir xalifalarning bu xoinligi uchun uning avlodlarini qattiq jazoladi. Mo‘g‘ullar Xorazmshohlar davlatini egallab olgach, xalifalik markazi bo‘lgan Bog‘dodni ham 1258 yilda kul-payakun qildilar. Chingizxonning nevarasi xalifa Nosirning nevarasini uch kun och qoldirib, tepkilab o‘ldirtirdi. 

Xoinlikning umri shunday tugar ekan.

Tarixning shunday ayanchli va ibratli hikoyalari barchamizga sadoqat, jasorat va mardlik maktabi bo‘lsin.

B.Abdirimov


Report Page