2 gektar yer maydonini 140.000 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan shaxslar IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi

2 gektar yer maydonini 140.000 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan shaxslar IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Nurafshon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar fuqaro kelishilgan pulning 10 ming AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida qoʻlga olingan.

IIBB Axborot xizmati

Maʼlum boʻlishicha Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi “Alisher” va “Dilmurod” ismli shaxslar Ohangaron tumani hududida joylashgan 1,87 gektar boʻsh yer maydonini xaridorga hech qanday hujjatsiz (noqonuniy ravishda) 140 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlganlar va oldindan avans sifatida 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni talab qilib, yerning kadastr hujjatlarini keyinchalik toʻgʻrilab berishi vaʼda qilganlar. 

IIBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi va Yer resurslarni talon-taroj qilishga qarshi kurashi boʻlinmasi xodimlari tomonidan Nurafshon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1976-y.t. A.Z. va D.T. lar talab qilingan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olgan vaqtida xolislar ishtirokida qoʻlga olingan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslar va ularga nisbatan toʻplangan hujjatlar Nurafshon shahar IIBga topshirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati




Report Page