Telegram'ning 2 bosqichli autentifikatsiya tizimini buzib bo‘ladimi?

Telegram'ning 2 bosqichli autentifikatsiya tizimini buzib bo‘ladimi?

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇬🇧 Original version of the article in English.
Markus Ra yozgan maqolaning o‘zbek tilidagi talqini. Telegram Uzbekistan tarjimasi.

Agar kimdir ikki bosqichli autentifikatsiya bilan himoyalangan Telegram profillarini buza olishini aytgan bo‘lsa, u kishiga ushbu kanaldagi GIF'ni almashtirishni so‘rab ko‘ring:

Ushbu kanalni boshqaruvchi profilda ikki bosqichli autentifikatsiya faollashtirilgan, ammo uni "buzishga" qodir bo‘lgan inson uchun yangi GIF joylashtirishda muammo bo‘lmasligi kerak.

2 bosqichli autentifikatsiya. Batafsil

Odatda, yangi qurilmada Telegram-profilga kirib bulutli chatlarda suhbat qilish uchun siz telefon raqamingizga yuborilgan SMS'dagi koddan foydalanishingiz mumkin. Bu messenjerlarga (muloqot uchun bo‘lgan dasturlar) kirish uchun sanoat standartidir. Biroq, mobil aloqa operatoringiz yoki hukumatingizga ishonmasligingiz uchun sabablaringiz bo‘lsa Telegram profilingizni qo‘shimcha parol bilan himoya qilishingizni tavsiya etamiz.

Profilga yangi qurilmada kirayotganingizda, Telegram ushbu profil egasi aynan siz ekanligingizni ikki bosqichda tekshiradi: avval u kodni, keyin esa parolingizni so‘raydi. Shuning uchun bu ikki bosqichli autentifikatsiya deb nomlanadi.

2 bosqichli autentifikatsiyani qanday yoqish mumkin?

Telegram SozlamalariMaxfiylik va Xavfsizlik2 bosqichli autentifikatsiya'ga o‘ting va yangi qurilmada Telegram-profilga kirishda so‘raladigan parolni kiriting.


Qayta tiklash uchun zaxira pochta

Agar siz parolingizni unutib qo‘yishingiz mumkin degan xavotirda bo‘lsangiz, uni qayta tiklab olish uchun zaxira pochtani sozlashingiz mumkin. Agar buni qilsangiz, "Parolni unutdingizmi?" tugmasini bosing va kodni elektron pochta manzilingizga qabul qiling. Ushbu kodni kiritish parolni o‘chirib tashlaydi va sizga Telegram profilingizga kirish imkonini beradi.

Ushbu qadamni o‘tkazib yuborishingiz va zaxira pochtasini o‘rnatmasligingiz mumkin. Agar buni qilsangiz va parolingizni unutsangiz, Telegram-profilingizga kirish imkoniyatini tiklash mumkin bo‘lmaydi. Bunday holatda yagona yo‘l Telegram profilini o‘chirish va noldan boshlashdir.

Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlar

Zaxira pochtasini ximoyalash

Ikki bosqichli autentifikatsiya samarali bo‘lishi uchun zaxira pochtangiz xavfsizligini ta'minlash muhim. Ahir agar kimdir sizning elektron pochtangizga kira olsa, ular parolingizni o‘chirishi va Telegram profilingizga kirishlari mumkin.

Shuning uchun siz ayniqsa korruptsion mansabdor shaxslar yoki ularning do‘stlari mahalliy kompaniyalardan ma’lumot olishi qulay bo‘lgan mamlakatda yashayotgan bo'lsangiz, biz nufuzli xalqaro elektron pochta xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Zaxirali pochtani "tiklash"

Elektron pochtangiz parolini unutib qo‘ysangiz, zaxira elektron pochtangizga kirishni qanday qilib tiklashingiz mumkinligiga alohida e’tibor bering. Ba’zi xizmatlar oddiy SMS-kod yordamida va hech qanday parolsiz elektron pochtaga to‘liq kirishni qayta tiklashga imkon beradi. Bu qulay ko‘rinishi mumkin bo‘lsa-da, u sizning telefon raqamingizni buzib olgan tajovuzkorga juda ko‘p kuch berishi mumkin.

Qurilmangizni himoyalash

Shuni yodda tutingki, sizning qurilmangiz ma’lumotlaringizning asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Sizning qurilmangizga kirish imkoniga ega bo‘lgan odamlardan sizni hech qanday messenjer (tezkor xabar almashish uchun bo‘lgan ilova) himoya qila olmaydi.

Qurilmangizni zararli dasturlardan himoya qilish uchun operatsion tizimni eng so‘nggi talqiniga yangilang va ilovalarni shubhali manbalardan hech qachon o‘rnatmang. Bundan tashqari faqat Telegram'ning rasmiy dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi.



⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Можно ли взломать 2-этапную аутентификацию Telegram?

Русскоязычная версия статьи, написанной Маркусом Ра. Перевод от Telegram Uzbekistan.

Если кто-то скажет, что может взломать Telegram, защищённый двухэтапной аутентификацией, попросите его заменить GIF в этом канале:

Учётная запись, управляющая этим каналом, имеет включённую двухэтапную аутентификацию, но тот, кто может «взломать» её, не должен испытывать проблемы с размещением нового GIF.

Двухэтапная аутентификация. Объяснение

По умолчанию для входа в Telegram на новом устройстве и для доступа к облачным чатам можно использовать код из SMS, отправляемого на номер телефона. Это отраслевой стандарт для входа в мессенджеры. Однако, если у вас есть причины не доверять своему оператору мобильной связи или правительству, мы рекомендуем вам защитить свой Telegram-профиль с помощью дополнительного пароля.

При входе в профиль на новом устройстве Telegram проверит, что вы являетесь владельцем аккаунта, в два этапа: сначала запросит код, затем пароль. Вот почему это называется Двухэтапная аутентификация.

Как включить 2-этапную аутентификацию?

Перейдите в раздел Настройки TelegramПриватность и безопасность2-этапная аутентификация и введите пароль, который будет запрашиваться при каждом входе в Telegram-профиль на новом устройстве.

Резервная почта для восстановления

Если вы беспокоитесь о том, что можете забыть свой пароль, вы можете настроить резервную почту для его восстановления. Если вы это сделаете, нажатие на «Забыли пароль?» отправит код на ваш электронный адрес. Ввод этого кода сбросит пароль и даст вам доступ к вашему Telegram-профилю.

Вы можете пропустить этот шаг и вообще не устанавливать резервную почту. Если вы это сделаете и забудете свой пароль, то восстановить доступ к чатам будет невозможно. Единственным вариантом будет удаление Telegram-профиля и запуск с нуля.

Дополнительные советы по безопасности

Защита Резервной почты

Для того чтобы Двухэтапная аутентификация была эффективной, важно, чтобы ваша резервная почта была в безопасности. В конце концов, если кто-то получит доступ к вашей электронной почте, он может сбросить ваш пароль и войти в ваш Telegram-профиль.

По этой причине мы рекомендуем использовать международные службы электронной почты с хорошей репутацией, особенно если вы живёте в стране, где коррумпированным чиновникам или их друзьям легко получить данные от местных компаний.

«Восстановление» Резервной почты

Обратите особое внимание на то, как можно восстановить доступ к резервной почте, если вы забудете свой пароль электронной почты. Некоторые сервисы позволяют восстановить полный доступ к электронной почте с помощью простого SMS-кода и без пароля. Хотя это может показаться удобным, это может дать злоумышленнику, взломавшему ваш номер телефона, слишком много власти.

Обеспечение безопасности вашего устройства

Помните, что в любом случае ваше устройство является главным хранителем ваших данных. Никакой мессенджер не может защитить вас от людей, имеющих доступ к вашему устройству.

Для защиты устройства от вредоносного ПО обновляйте операционную систему до последней версии и никогда не устанавливайте приложения из подозрительных источников. Также рекомендуется использовать только официальные приложения Telegram.


⬆️ Вверх

Report Page