2-SHO‘BA: “RAQAMLI O‘ZBEKISTON MUHITIDA ZAMONAVIY BIBLIOGRAFIYA: AN’ANAVIY YONDASHUVLAR VA BIBLIOGRAFIYANING YANGI FORMATLARI”

2-SHO‘BA: “RAQAMLI O‘ZBEKISTON MUHITIDA ZAMONAVIY BIBLIOGRAFIYA: AN’ANAVIY YONDASHUVLAR VA BIBLIOGRAFIYANING YANGI FORMATLARI”

https://t.me/natlibuz

 2024-yil 17-may kuni Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi umumiy o‘quv zalida bo‘lib o‘tgan 2-sho‘ba yig‘ilishi “Raqamli O‘zbekiston muhitida zamonaviy bibliografiya: an’anaviy yondashuvlar va bibliografiyaning yangi formatlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati rahbari Fozila Ro‘ziyeva va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyevalar moderatordlik qildilar.

Sho‘'ba yig‘ilishida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi kutubxona ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Qunduzay Nurimovaning “Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi tomonidan nashr etilgan biobibliografik to‘plamlar tahlili”, O‘zDSMI “Kutubxona fondlari va bibliografiyashunoslik” kafedrasi dotsenti, p.f.n. Tuychi Boyto‘rayevning (onlayn) “O‘zbekistonda Elektron bibliografiyaning imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari”, Navoiy viloyati Nurota tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Zebiniso Ibragimovaning “Bibliografiyada o‘lkashunoslikning o‘ziga xos ahamiyati”, Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati bosh mutaxassisi Olmaxon Eraliyevaning (onlayn) “Axborot-bibliografiya xizmatida axborotni saralab tarqatish tizimi abonentlari tarmog‘ini shakllantirish va xizmat ko‘rsatish, rahbarlarni tabaqalashtirilgan axborot bilan ta’minlash”, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi ilmiy-metodika xizmati boshlig‘i Gulmira Maxanbetovaning (onlayn) “Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasining ilmiy-metodik faoliyati”, Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi Ilmiy-metodika xizmati rahbari Nilufar Rustamovaning “Axborot-kutubxona markazida bibliografik faoliyat va zamonaviy axborot texnologiyalari. Jizzax viloyati AKM misolida”, Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi Huquqiy axborotlar sektori mudiri Odinaxon Rasulovaning (onlayn) “Bibliografik qo‘llanmalarning tuzilishi tahlili va ularning samaradorligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar”, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma‘lumotlari bazasini shakllantirish xizmati rahbari Fozila Ro‘ziyevaning “Zamonaviy bibliografik faoliyatda vebliografik qo‘llanmalar va ularning ahamiyati”, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Tarmoqni ma’muriylashtirish va server uskunalarini saqlash xizmati rahbari Miralisher Fayziyevning “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ilmiy ishlar bazasi saytini (diss.natlib.uz) yangi talqini”, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi v.b. dotsenti     Gulchiroy Ziyodullayevaning (onlayn) “Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimining avtoritet nazorat xizmati”, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kataloglashtirish va tizimlashtirish xizmati rahbari Vladimir Borisovning “Axborot-kutubxona sohasida Milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirishda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining o‘rni”,         Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshqarma boshlig‘i Sharofiddin Abdumalikovning “Axborot-kutubxona faoliyatida mualliflik huquqiga rioya etilishida shartnomaviy huquqiy munosabatlarning o‘rni” mavzularida ma'ruzalari tinglandi.

Ma'ruzalar so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, sho‘ba moderatorlarining xulosasi tinglandi va eng yaxshi ma’ruzachi aniqlandi.





Report Page