2-MODUL
ITIM_UZBEKISTAN“Yangi O'zbekistonda zamonaviy ilm-fan, sun'iy intellekt va innovatsion ta'limni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari” mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy o'quv dasturining 2-moduli: Doktorant va tadqiqotchilar uchun tashkil etiladigan "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, akademik halollik va xalqaro ilmiy faoliyat" nomli o'quv kursining mazmuni.
Ushbu kurs davomida quyidagi o'quv modullari bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi:
1. Doktorant va ilmiy tadqiqotchilarning huquqiy maqomi, ilmiy faoliyatni tashkil etish hamda kasbiy huquqlari.
2. Akademik halollik tamoyillari: mualliflik pozitsiyasini shakllantirish, ilmiy etika va plagiatning oldini olish.
3. Ilmiy tadqiqotlarda sun'iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish: ma'lumotlar tahlili, ilmiy yozuv va innovatsion yondashuvlar.
4. Xalqaro va milliy ilmiy grantlar, ilmiy loyihalar hamda innovatsion dasturlarda ishtirok etish strategiyalari.
5. Dissertatsiya tadqiqotlarini rejalashtirish, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va ilmiy himoyaga tayyorlashning zamonaviy talablari.
Kurs yakunida tinglovchilar zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni yuqori akademik standartlar asosida tashkil etish, sun'iy intellekt texnologiyalarini ilmiy faoliyatga samarali integratsiya qilish, xalqaro grant va ilmiy loyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish hamda dissertatsiya tadqiqotlarini sifatli tayyorlab, ilmiy himoyaga olib chiqish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va professional kompetensiyalarni egallaydilar.
- Qabul muddati: 2026-yil 15-avgustga qadar.
Loyiha tashkilotchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi. Mazkur o'quv dasturi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan №278118-sonli (Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati uchun) "Tasdiqnoma" asosida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy hamkorlari:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: +998 (91) 001-99-09
https://t.me/ITIM_UZBEKISTAN