183 нафар сўров ўтказилган аёлнинг ҳар учинчиси турмуш ўртоғи томонидан ўзига нисбатан зўравонлик содир этилган деб билади

183 нафар сўров ўтказилган аёлнинг ҳар учинчиси турмуш ўртоғи томонидан ўзига нисбатан зўравонлик содир этилган деб билади

https://t.me/aoka_uz

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда "Оила ва хотин-қизлар" илмий-тадқиқот институти ахборот хизмати раҳбари Манижа Баҳриева маълум қилди.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olishda kompleks tizimli yondashuvni takomillashtirish hamda reabilitatsiya ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida tadqiqot o‘tkazildi.

Mazkur tadqiqot 2022 yilning dekabr 2023 yilning yanvar oylarida respublikaning 7 hududiy birligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida tazyiq va zo‘ravonlikka duch kelgan 183 nafar xotin-qizlar orasida o‘tkazildi.

Tadqiqot ishi doirasida 2022 yil davomida sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari tahlil qilindi, jabrlanganlar va soha mutaxassislari o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazildi, shuningdek sohaga mas’ul bo‘lgan tashkilot va idoralar faoliyati hamda Yaponiya, Singapur, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Argentina kabi  xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. 

 

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra:

– 53% respondent hasad qilish, shaxsiy hayotga aralashish, rashk qilishni tazyiq va zo‘ravonlik deb hisoblashadi;

– har uchinchi respondent (33,3%) menga nisbatan turmush o‘rtog‘im zo‘ravonlik sodir etgan, degan fikrni bildirishgan, 26,2 foizi esa qaynonasi zo‘ravonlik sodir qilishini ma’lum qilishgan;

– har to‘rtinchi (26,7%) respondent ularga Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilganligini ta’kidlashgan;

– har beshinchi (21,6%) so‘rov ishtirokchisi agarda unga nisbatan zo‘ravonlik holati sodir etilsa, dastlab mahalla xodimlariga murojaat qilishini ma’lum qilgan;

– respondentlarning aksariyat qismi (42,5%) tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha kerakli joyga murojaat qilgandan keyin turmush o‘rtog‘ining munosabati ijobiy tomonga o‘zgarganligini qayd etishgan;

– har uchinchi (31%) respondent profilaktik oilaviy suhbatlar tashkil qilish orqali oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishning eng samarali chorasi deb hisoblaydi.

-har to‘rtinchi ishtirokchi (26,2%) esa ta’lim muassasalarida maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqish va ta’limga joriy qilish maqsadga muvofiq degan javobni bildirishgan.

   O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi xulosa va tavsiyalar ilgari suriladi:

1.  Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha hududiy markazlar va uning hududiy bo‘linmalaridagi oilada zo‘ravonlikka uchragan va zo‘ravonlik ko‘rsatgan shaxslar bilan ishlash uchun psixologlar, ijtimoiy xodimlarning malakasini maxsus kurslarda doimiy oshirib borish.

2. Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni erta aniqlashning psixologik diagnostika usullarini ishlab chiqish va joriy qilish.

3. Oilalarda zo‘ravonlik qayta sodir bo‘lishining oldini olishga alohida e’tibor qaratish.

4. NNT va davlat tashkilotlarining oilada zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish uchun ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

5. Tazyiq va zo‘ravonlikni salbiy oqibatlari haqida ommaviy axborot vositalarida qisqa metrajli videoroliklarni namoyish qilish.


Report Page