17-sonli umumta'lim maktabida ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi..

17-sonli umumta'lim maktabida ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi..

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmati



Kuni kecha 17-sonli umumta'lim maktabida "Тarbiya beruvchi - abadiy hayot sababchisidir" shiori ostida kengaytirilgan ota- onalar yig'ilishi bo'lib о'tdi.Yig'ilish O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Mazkur Ota~onalar Kuzatuv Kengashi yig‘ilishida "Mustaqillik" MFY faollari, Ichki ishlar xodimlari ishtirok etdilar. Yigilish kun tartibida 11-sinf bitiruvchilarining Oliy ta'lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari, o'quvchilarni kasb~hunarga yo‘naltirish, maktab ichki tartib qoidalariga o‘quvchilarning rioya qilishlari, 

o'quvchilarda uchrayotgan kamqonlikning oldini olish, huquqbuzarlik profilaktikasi, mobil aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, bunda turli taqiqlangan, ya'ni mutaasiblik, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolishlaridan ogoh bo'lish, ta'lim muassadasi binosi ta'mirlanish holati va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda turli masalalar ko‘rib chiqilib, keldusida amalga oshiriladigan kompleks ishlar rejasi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yig'ilishda 500 dan ortiq ota- onalar ishtirok etdilar va ular maktab ma'muriyatining mazkur o‘quv yilida olib borayotgan ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.


Mirkomil Fayziyev


Report Page