17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Andijon mashinasozlik instituti axborot xizmati

Bayram tadbiri 2021-yil 17-noyabr Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shukurov O‘tkir Ilhamovich, institut rektori Turdialiyev Umidjon Muxtaraliyevichlar ishtirok etishdi. Bayram kechasini institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Haliqova olib bordi.

Tadbirni institut rektori Umid Muxtaraliyevich kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda talabalarni bugungi bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng viloyat hokimi o‘rinbosari O‘tkir Ilhamovich so‘zga chiqib bugungi bayram bilan talabalarni qutladi.

Tadbir davomida oliygohimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylov munosabati bilan institutda o‘tkazilgan “Eng faol salov targ‘ibotchisi” videoroliklar tanlovi g‘olib va sovrindorlariga o‘z sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng tadbirga taklif etilgan mehmon san’atkorlar va iqtidorli talabalarimiz tomonidan sho‘x kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Qo‘shiqlardan so‘ng institut miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari g‘olib sovrindorlariga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi.


Andijon mashinasozlik instituti axborot xizmati.


 


 

 

 


 

 


Report Page