15-may, “Xalqaro oila kuni” «Oila mustaxkamligi-jamiyat tinchligining garovi»

15-may, “Xalqaro oila kuni” «Oila mustaxkamligi-jamiyat tinchligining garovi»

Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi

Butun dunyoda 1994-yildan berib 15-may, “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan asosiy maqsad etib, oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

Har yili 15-mayda oilalardagi muammolarni odamlar, jamiyatlar va hukumatlar hal qilishi uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligiga oid xabarlar e’lon qilinadi. Shuningdek, bu kun mustahkam oilaviy birlik jamiyat va millatlarni mustahkamlashga qanday yordam berishini namoyish qilish kuni ham hisoblanadi.

Zero, yurtimizda, qolaversa Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Joriy yilning 15-may kuni Kakaydi garnizonida 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan «Oila mustaxkamligi-jamiyat tinchligining garovi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda JOQ xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash bo’yicha yetakchi mutaxassisi X.Xodjayeva, Surxondaryo viloyati Buvijonlar maktabi direktori R.Tulakova va Uzbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, mo’tabar ayol kokrak nishoni sohibasi TerDU dotsenti nafaqadagi faxriy ustoz G.Alimatova, huquqshunos olima M.Ximmatova, Surxondaryo viloyati Nuroniylar jamgarmasi faol faxriylari Mun Alla va S.Yusupova, Termiz shahridagi “Sobir At-Termeziy” nomidagi Surxondaryo viloyat markaziy kutubxonasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Mamatqulovalar hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Yoshi ulug‘ otaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi haqida aytib o‘tdilar.










Report Page