15-May xalqaro oila kuniga bag'ishlab, Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi tomonidan  "Oila-milliy qadriyatlar beshigi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

15-May xalqaro oila kuniga bag'ishlab, Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi tomonidan  "Oila-milliy qadriyatlar beshigi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Феруза Жумаева


Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirish, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insoning eng sof va pokiza tuyg’ulari ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi.


15-May xalqaro oila kuniga bag'ishlab, Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchilari O'.Qurbonova va Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari F.Jumayevalar tomonidan  "Oila-milliy qadriyatlar beshigi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda xalqimizga xos bo’lgan milliy qadriyatlar va an’analar sahna ko'rinishlari orqali namoyish etildi.


Tadbirda so'zga chiqqan Pedagogika fakulteti dekani N.X.Rajabov so'zga chiqib, oila qanchalik mustahkam bo’lsa, yurt tinch va hayot shunchalik farovon bo’ladi.Yoshlar ma’naviyatini turli illatlardan saqlab qolishning eng muhim omili bu tarbiya, tarbiya esa, avvalo, oiladan boshlanishi borasida fikrlarini bildirdilar.


Yoshlarni har qanday ta’sirlardan, buzg’unchiliklardan asrashning yagona yo’li avvalo, oilada ma’naviy – ma’rifat tarbiyani davo ettirish, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan qarshi turmoq lozim. Bugungi tahlikali davrda agar ota – onaning o’zi tarbiyalagan, milliy ma’naviy qadriyatlardan xabardor va unga qat’iy amal qiladigan bo’lsagina, ular tarbiyalayotgan farzand milliy xususiyatlarni ko’rish mumkin.

Report Page