15 MLRD SO‘MDAN ORTIQ DAVLAT XARIDLARIDA QONUN BUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI

15 MLRD SO‘MDAN ORTIQ DAVLAT XARIDLARIDA QONUN BUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 1-choragi davomida maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi tizimidagi tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilganda jami 21 ta holatda umumiy qiymati 15 074 300.0 ming so‘mlik bo‘lgan tegishli platformalar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari o‘rganildi.

Jumladan, davlat xaridlari tanlovlarining ba’zilarida ishtirokchilarga qo‘yilayotgan malaka talablarini baholash mezonlari ishlab chiqilmaganligi, ayrimlarida ishlab chiqilgan mezonlarda qanday holatda yuqori yoki past ball qo‘yish bo‘yicha aniq tartib belgilanmaganligi natijasida xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarga asoslantirilmagan baholar qo‘yilgan va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi holatlari aniqlandi.

Misol uchun,

 Oliy ta’lim muassasalari tomonidan 16 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 14 029 500.0 ming so‘mlik;

– Kasib hunar maktablarida 3 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 685 000.0 ming so‘mlik;

– Akademik litseylarda 2 ta o‘tkazilgan tanlovlarda 359 800.0 ming so‘mlik o‘tkazilgan tanlovlar o‘rganib chiqilgan.

Ushbu o‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20, 46 moddalari talablari buzilganligi aniqlandi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan begilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilib tegishlicha choralar ko‘rildi.


Report Page