14 yoshli o‘smir “PUBG”dagi profilni 4,5 ming AQSH dollariga sotib olishga urindi va firibgarning tuzog‘iga tushdi

14 yoshli o‘smir “PUBG”dagi profilni 4,5 ming AQSH dollariga sotib olishga urindi va firibgarning tuzog‘iga tushdi


Samarqand viloyati. 2023 yil yanvar oyining oxirlarida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli T.J o‘ziga tegishli bo‘lgan Telegram messenjerdagi “FRENZY AKKAUNT”ti orqali “PUBG” o‘yinining profilini 7.000 AQSH dollariga sotishi haqida reklama joylashtirib, ushbu o‘yindagi profilini o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi 14 yoshli I.S.ga sotishligiga kelishib, undan jami 4.450 AQSH dollar miqdoridagi pullarni o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartasiga o‘tkazib, I.S.ga esa “PUBG”dagi profilini bermasdan, undan olgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli ota-onalar voyaga yetmagan farzandlaringiz bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan shug‘ullanib kelayotganligi hamda pullarni qayerga sarflayotganliklarini nazorat qilishni unutmang. Farzandlaringizni kelajagiga befarq bo‘lmang!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti



Report Page