14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida harbiylar o'rtasida jismoniy va harbiy tayyorgarlik hamda mini futbol musobaqasi tashkil qilindi.

1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilingan. Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli "Sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Kogon shahar 75/36 harbiy qism hamda Kogon shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida 2021 yil 12-13 yanvar kunlari "Orzu" sport majmuasida harbiylar o'rtasida Jismoniy va harbiy tayyorgarlik va mini futbol musobaqasi tashkil qilindi.


Musobaqada 200 nafardan ortiq harbiylar ishtirok etdi. Musobaqa yuqori saviyada tashkil qilindi.


Musobaqa g'olib va sovrindorlari Kogon shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbariyati tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.


Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-targ'ibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo'lishlari sabab bugun barchamiz tunlari orom olib, kunduzlari xotirjammiz. Shu sababli ham ularni qancha ulug'lasak, qancha e'zozlasak shuncha oz. 14 yanvar -Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!