13-Qashqadaryo okrug komissiyasi

13-Qashqadaryo okrug komissiyasi

12.04.2023-y.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Unda ayrim referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonini video-translyatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash, O‘zbekiston Respublikasining referendumida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni, OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda Markaziy saylov komissiyasining vakolatiga taalluqli bir necha masalalar muhokama qilindi.

Majlisda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari raislarining, jumladan, 13-Qashqadaryo okrug komissiyasi raisi Isoq Ahmedovning axborotlari tinglandi.

Mazkur axborotda viloyatda referendumga tayyorgarlik ishlarining borishi, shu kunga qadar amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanganidek, hozir okrug bo‘yicha mavjud 1002 ta uchastka komissiyalarida ish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Uchastka komissiyalarining barcha 11144 nafar a’zosi, tegishli nizom talablari asosida, yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolardan iborat bo‘lishiga e’tibor qaratilgan.

Yana shuni qayd etish lozimki, Markaziy saylov komissiyasida ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni davom etmoqda.

  13-Qashqadaryo okrug komissiyasi matbuot markazi ✍️


Report Page