13-1SPK-21 MALAKAVIY AMALIYOTDA

13-1SPK-21 MALAKAVIY AMALIYOTDA

ГаниеваФеруза

Malakaviy amaliyot rejasiga asosan b.f.n.,dotsent F.H.Jumaev boshchiligida 2024 yil 13 mayda 13-1 SPK-21 va 13-1 MVU-21 guruhi talabalari Buxoro tumanidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan “Varnet” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonani Gidroponik issiqxonasida bo‘lishdi.

Ushbu qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan “Varnet”  O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonani Gidroponik issiqxonasida mo‘tadil iqlim ekinlari Banan, Papaya va juda ko‘p sabzovot va manzarali gulli ekinlari Invitro va qalamchalash usulida ko‘paytiriladi.

Ushbu tasvirda issiqxonada ekinlarni ko‘chatini har hajmdagi tuvaklarda ko‘paytirilishini ko‘rish mumkin.

Talabalar tomonidan dotsent F.Jumayev rahbarligida kasetalarda ekib ko‘paytirilgan har xil turdagi manzarali gulli ekinlarni tuvaklarga ko‘chirish amaliyoti amalga oshirilmoqda.


Amaliyot jarayonida har xil turdagi sabzovot ekinlaridan yetishtirilgan mevalari bilan talabalarni dotsent F.H.Jumaev yaqindan tanishtirmoqda.


Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi matbuot xizmari


Report Page