Facebookda Manzura Homidova tomonidan joylashtirilgan murojaatga munosabat

Facebookda Manzura Homidova tomonidan joylashtirilgan murojaatga munosabat

Учқўрғон туман ҳокимлиги ахборот хизмати

MIB rasmiy munosabatidan: Facebook ijtimoiy tarmogʼiga joylashtirilgan fuqaro Manzura Homidovaning murojaati yuzasidan maʼlumot



Facebook ijtimoiy tarmogʼiga fuqaro Manzura Homidova tomonidan joylashtirilgan murojaatda sudning qaroridan norozi boʼlgani, noqonuniy qaror orqasidan katta zarar yetkazilgani, ushbu holat yuzasidan 2 yildan beri ariza yozib eʼtiborsiz qolib ketayotgani bayon etilgan. 

Mazkur murojaat, unda bildirilgan fikrlar yuzasidan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi. 

Jumladan, Byuroning Uchqoʼrgʼon tuman boʼlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʼyicha Uchqoʼrgʼon tumanlararo sudining 2019 yil 29 dekabrdagi 

2-1602-1908/6461-sonli ijro varaqasiga asosan Qosimova Naimani Uchqoʼrgʼon tumani, Chek MFY, Mustaqillik koʼchasi, 12-uydagi 0002-literdagi yashash xonadonida bolalari bilan yashashi va yordamchi bino va inshootlardan yaʼni 

0004-literdagi darvozaxona, 0007-literdagi oshxona, 0010-literdagi hammom va hojatxonadan foydalanishiga javobgarlar Xamidova Manzura Аxmedovna, Xamidov Mirzoxid, Xamidov Muzaffar, Xamidov Jaxongir, Аkilova Muxayyo va Xamidova Feruzalarga qarshilik koʼrsatmaslik majburiyati toʼgʼrisidagi ijro hujjati kelib tushgan. 

Mazkur ijro hujjati Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning

23-moddasiga asosan qoʼzgʼatilib, tomonlarga ogohlantirish xati bilan birgalikda yuborilgan.

Ijro hujjati talabini bajarish maqsadida Uchqoʼrgʼon tumani, Chek MFY, Mustaqillik koʼchasi, 12-uyga xolislar ishtirokida borilib xonadon oʼrganilganida xonadonda, 0002-literdagi yashash uyi ichki tomoni buzib yuborilganligi, 0007-literdagi oshxonada javobgar Xamidov Mirzoxid va turmush oʼrtogʼi Xamidova Nasibalar farzandlari bilan birgalikda yashayotganlari, 0010-literdagi hammom hozirda javobgarlar tomonidan oshxona sifatida foydalanilayotgani aniqlanib daʼvogar N.Qosimova tomonidan ushbu 0002-literdagi yashash uyi buzib tashlanganligi sababli honadonning boshqa honasiga kiritishni talab qilgan va boshqa honalarda javobgarlar tomonidan istiqomat qilinayotgani aniqlangan. Ushbu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Yuqoridagilarga asosan Oʼzbkiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning 31-moddasi tartibida FIB Uchqoʼrgʼon tumanlararo sudiga ariza bilan murojaat etilgan va shu sudning 15.01.2020 yildagi javob xatiga asosan yuqorida koʼrsatib oʼtilgan 0002-literdagi yashash uyida bolalari bilan yashashi va yordamchi bino va inshootlardan yaʼni 0004-literdagi darvozaxona, 0007-literdagi oshxona, 

0010-literdagi hammom va hojatxonalar daʼvo ariza yuzasida hal qiluv qarori chiqarilguniga qadarli qurilmalar avvalgi asl holida mavjud boʼlgani va oʼzgartirilmaganligi eʼtiborga olingan. Shu bois, kelgusida sud hujjati yuzasidan ijro harakatlarini Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi toʼgʼrisida javob xati olingan. 

Ijro hujjati talabini bajarish maqsadida 2020 yil 18 yanvarь kuni ijro hujjatida koʼrsatilgan honadonga borilganida javobgarlar yoʼqligi honadonga kirish eshiklari qulfligi sababli ijro harakatlari 2020 yil 

27 yanvarь kuniga qoldirilgan. 2020 yilning 27 yanvarь kuni ushbu xonadonga borilganida xonadonga kirish eshiklari qulfligi sababli majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishning imkoni boʼlmagan hamda ijro harakatlari keyinga qoldirilgan. 

Shundan soʼng, 06.02.2020 yilda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, daʼvogar N.Qosimovani ijro hujjatida koʼrsatib oʼtilgan honadonga kiritilib, javobgarlarga qarshilik qilmaslik majburyati yuklash toʼgʼrisida dalolatnoma rasmiylashtirilib, tilxatga asosan ijro hujjati talabi amalda toʼliq bajarilgan.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Report Page