ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

JON ROKFELLERNING MUVAFFAQIYAT TARIXI. II - QISM.
JON ROKFELLERNING 12 QOIDASI.
Jon Rokfeller o‘n oltita temir yo‘l kompaniya, oltita po‘lat quyuvchi zavod, oltita yuk tashuvchi firma, to‘qqizta bank va to‘qqizta ko‘chmas mulk bilan savdo qiluvchi kompaniyaga egalik qilgan. Shuningdek, uning 273 gektar yeri, bir necha hashamatli uylari, apelsin yetishtiriladigan bog‘i va shaxsiy golf maydoni bo‘lgan. Jon Rokfeller haqiqatda omadli inson bo‘lgan. Uning fikricha bunday katta muvaffaqiyatga qattiq intizomga rioya etgani va o‘zi ishlab chiqqan quyidagi o‘n ikki qoidaga amal qilganligi sababli erishgan.
1. Birovlar uchun ishlashdan qoching. Qanchalik ko‘p birovlar uchun mehnat qilsangiz, boy bo‘lishingiz shunchalik kechikadi.
2. Pulingizni iqtisod qilishga o‘rganing. Har doim xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotingizni chegirma bilan xarid qilishga harakat qiling. Xarid qilishni rejalashtirgan mahsulotingizni aniq ro‘yxatini tuzib oling va shu ro‘yxatga amal qiling. 
3. Agar siz o‘zingizni kambag‘al deb hisoblasangiz tadbirkorlik bilan shug‘ullaning. Agar o‘zingizni qashshoq deb hisoblasangiz zudlik bilan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlang.
4. Moliyaviy barqarorlikka faqat doimiy daromad evaziga erishish mumkin. Doimiy daromad manbayi yaratish evaziga osoyishta hayot kechirish mumkin. 
5. Zavqli turmush kechirish uchun bir oyda topishingiz kerak bo‘lgan pul miqdorini aniqlab oling. Ko‘proq topsangiz yana-da yaxshi, ammo, topishingiz kerak bo‘lgan pul miqdorini kamaytirmang. 
6. Boshqalarga xushmuomalalik bilan munosabatda  bo‘ling. Insonning bir o‘zi muvaffaqiyatga erishishi qiyin. U birovlarning ko‘magi bilan boy bo‘la oladi.
7. Atrofingizdagi dangasa va omadsiz insonlar sizni boy bo‘lishingizga to‘sqinlik qiladi. Boy bo‘lish uchun o‘ziga ishongan omadli insonlar bilan ko‘proq muloqot qiling.
8. Masʼuliyatni bo‘yningizga oling. Masʼuliyatsiz inson hech qachon boy bo‘lmaydi. Maqsadga erishish uchun imkoniyat qidiring, bahona emas.
9. Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hayot yo‘li va biznes faoliyati bilan tanishing.
10. Maqsad – insonni harakatga chorlaydi. Maqsadi yo‘q inson tirik murdaga o‘xshaydi.
11. Muhtojlarga ko‘mak bering. Sarmoyangizning maʼlum bir qismini xayriya ishlariga ajrating.
12. O‘z biznesingizni shakllantiring va undan zavq oling.
JON ROKFELLERNING MASHHUR IQTIBOSLARI
1. Muvaffaqiyat- qabul qilingan qarorga chambarchas bog‘liq.
2. Insonlar bilan to‘g‘ri muloqot qilishni bilish – katta ustunlikka ega bo‘lish degani.
3. Kelajakka kim bo‘lishni bilishni iloji yo‘q, ammo, katta ishlarga qodir ekanliginga ishonch bo‘lishi zarur.
4. Yaxshiroq narsaga ega bo‘lish uchun, yomon bo‘lmagan narsadan voz kechishdan qo‘rqma.
5. To‘siqlarni muvaffaqiyat olib keluvchi vositaga aylantirishga harakat qilish kerak.
6. Xarajat ko‘payganidan emas, daromad kamayganidan qo‘rqish kerak.
7.  Yuzlab xodimlarning daromadi 1 foizga oshgani, bir odamni 100 foizli daromad olganidan ustun.
8. Bilimdonni ishga olgandan ko‘ra, ishtiyoqi kuchli xodimni ishga olgan afzal.
9. Muvaffaqiyatga erishish uchun eng zarur xislat bu- qatʼiyatlik.
10. Mening missiyam vijdon amri bilan sarf qilish uchun, katta miqdorga pul topish bo‘lgan. 
11. Biznesga asoslangan do‘stlik, do‘stlikka asoslangan biznesdan afzal.
12. Kuni bilan ishlagan odamga pul topish uchun vaqt yetmaydi.
13. Daromad kelishiga asos-sof fikr va yangi g‘oya.
14. Pul topishning eng qiyin usuli kechayu-kunduz og‘ir mehnat qilish.
15. Avvalo obro‘ orttirish kerak. Keyinchalik obro‘ seni foydangga ishlaydi.
16. Hayot-mehnatdan iborat. asosiysi mehnat qilib topgan pulni isrof qilmaslik. Boylik insonga baxt yoki baxtsizlik, rahmat yoki laʼnat olib keladi.
17. Diplom insonga boshqalardan ustunlik xislatini beradi, ammo, bu xom- xayol bo‘lishi mumkin.
18. To‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘zi kamlik qiladi, boshqalar ham qaroringni to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilsin.
19. Boy insonlarning hammasi ham doimo baxtli hayot kechirgan deb o‘ylash - noto‘g‘ri.
20. Insonlarga yordam berish istagi bo‘lsa, yordam berish kerak.
21. Monopolist uchun sotuvni oshirgandan ko‘ra, mahsulot narxini oshirgan afzal.
22. Men har qanday omadsizlikni imkoniyatga aylantirishga harakat qildim.
23. Biznesdagi birinchi muvaffaqiyat asoslaridan biri- sabr.
24. Faqat boy bo‘lishni orzu qilgan inson niyatiga erishmaydi.

Report Page