ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

JON ROKFELLERNING MUVAFFAQIYAT TARIXI! I - QISM
Jon Devidson Rokfeller butun dunyoga eng boy inson sifatida tanilgan. U moliya sohasini dahosi hisoblanadi. Jon dunyodagi birinchi rasmiy milliarder hisoblanadi. U bunday muvaffaqiyatga qanday erishgani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Biz sizga Jon Devidson Rokfeller haqida hikoya qilishga qaror qildik.
YOSHLIGI.
Jon Devison Rokfeller 1839 yilning 8 iyul kuni AQSHning Richford shaharchasida tug‘ilgan. Uning otasi Rokfellerlar oilasining asoschilaridan biri biznesmen Uilyam Rokfeller (1810-1906) bo‘lgan. Onasi Luiza Selyanto uy ishlari bilan shug‘ullangan.
Jon oiladagi olti farzandlarning ikkinchisi edi. Jon yoshligidan pul topishni har-xil yo‘llarini o‘ylab topishga harakat qilardi. U hattoki ulgurji narxda shirinliklar xarid qilib do‘stlariga chakana narxda sotib pul ishlab topgan. Jon yetti yoshida fermaga ishga kirib kartoshka yetishtirgan va parranda boqib oylik maosh olgan. Shu davrdan boshlab u sarf qilgan va daromad qilgan pullarini yozib yurishni o‘ziga odat qilib olgan. Jon otasidan savdo qilish qoidalarini o‘rgandi. Ammo, u otasidan farqli ravishda spirtli ichimlik isteʼmol qilmas, tamaki mahsulotlarini chekmas, qimor o‘ynamas va umuman pulni bekorga sarf qilmas edi. Shu bilan birga u juda hissiyotli edi. Yoshligida vafot etgan singlisini eslab kunida o‘n ikki soatlab yig‘lardi. 
Maktabda aʼlo baholarga o‘qimagan, ammo, o‘qituvchilarning fikricha Jonni xotirasi va mantiqan fikrlash qobiliyati kuchli bo‘lgan. Jon maktabni tugatib buxgalteriya va biznes sohasi bo‘yicha kollejga o‘qishga kirdi. Ammo, tez kunda u kerakli bilim olish uchun uch oylik o‘quv kurslarda taʼlim olishning o‘zi yetarli bo‘ladi degan xulosaga kelib, o‘qishni tugatmasdan kollejdan ketadi.
 BIZNESNING BOSHLANISHI.
Keyinchalik Jon Rokfeller Hewitt & Tuttle kompaniyasining buxgalteriya bo‘limiga ishga qabul qilindi. Avvalida uning oylik maoshi 17 dollarni tashkil etardi, ammo, tez kunda oylik maoshi 25 dollarga ko‘tarildi. Ishga kirganida bir yil o‘tganidan so‘ng kompaniya boshqaruvchisi lavozimini egalladi. Oylik maoshi ham taxminan 20 barobar oshdi. Ammo, lavozim ham, oylik maosh ham Jonni qoniqtirmadi, u o‘z biznesini boshlash niyatiga kompaniyadan ketdi.
JON ROKFELLER VA KLARK MORRES.
Jon Rokfeller tasodifan angliyalik tadbirkor Klark Morris yangi biznes boshlash uchun 2000 dollarga ega hamkor izlayotganligini bilib qoladi. Bu davrda Jonda faqat 800 dollar bor edi. Yetishmayotgan 1200 dollarni u yillik 10 foiz ustama to‘lash sharti bilan otasidan qarz oladi.
Jon Rokfeller va Klark Morris hamkorlikda «Klark va Rochester» kompaniyasiga asos solishadi. Kompaniya asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullangan.
XIX-asrning ikkinchi yarmida dunyo bo‘ylab neft mahsulotlariga talab oshadi. Rokfeller hamkori Klark Morrisni kompaniyani neft mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishga ko‘ndirishga harakat qiladi, ammo, Klark rad javobini beradi. Shundan keyin Jon Klarkga tegishli bo‘lgan kompaniya aksiyalarini sotib oladi va tez kunda kimyogar Samuel Endryus bilan hamkorlikda yangi kompaniyaga asos soladi.
Keyinchalik Jon neft qazib olish, qayta ishlash va yoqilg‘i mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Standard Oil kompaniyasini tashkil etdi. Kompaniyani salohiyatini oshirish maqsadida 31 yoshlik Jon qo‘l ostidagi ishchilarning mehnatiga haq to‘lashni yangi turini o‘ylab topdi. U ishchilarga maoshni kompaniya aksiyalari ko‘rinishiga to‘lashni yo‘lga qo‘ydi. Bu yangilik evaziga ishchilar yana-da yaxshiroq mehnat qilishadigan bo‘ldilar. Chunki ishchilar kompaniya daromadi oshishi ularning aksiyalarining narxi ham oshishiga olib kelishini tushunar edilar.
«Standard Oil» kompaniyasi
Ishbilarmon Jon maqsadiga erishish uchun kerakli va taʼsir kuchiga ega insonlar bilan tezda til topishib ketishni bilar edi. Tanishlari orqali kompaniyasi uchun transport xarajatlariga imtiyoz berishga erishdi. Buning natijasida «Standard Oil» kompaniyasi mahsulotlarining tan narxi raqobatchi korxonalar ishlab chiqargan mahsulotga qaraganda uch barobar arzonlashdi. Raqobatga dosh bera olmagan boshqa kompaniyalarning taʼsischilari o‘z bizneslarini Jon Rokfellerga arzonga sotishga majbur bo‘ldilar. Shunday qilib Jon asta- sekinlik bilan monopolistga aylandi.
1890 yilda senator Sherman tashabbusi bilan Rokfeller kompaniyasining monopoliyasiga qarshi qonun ishlab chiqildi. Ammo, ishbilarmon Rokfeller bu vaziyatdan ham muvaffaqiyatli chiqish yo‘lini topdi. U o‘z kompaniyasini o‘ttizdan oshiq kichik kompaniyalarga bo‘ldi, lekin har bir kompaniyaning aksiyalariga o‘zi egalik qildi. Bo‘linish natijasida Jonning daromadi aql bovar qilmas darajaga o‘sdi.
Jonga tegishli kompaniyalar bir yil davomida uch milliard dollar foyda olar edi. Tahlilchilarning fikricha Rokfeller o‘limidan keyin 1,4 milliard dollar meros qoldirgan. Dunyodagi neft konlarining 70 foizi Rokfellerning kompaniyalariga tegishli bo‘lgan. Uning mulki hozirgi dollarning kursiga 318 milliard dollarga baholangan. Bu AQSHning yalpi ichki mahsulotining 1,5 foizini tashkil etadi. 
 XAYRIYA ISHLARI.
Jon Rokfeller yoshligidan topgan daromadini 10 foizini xayriya ishlariga ajratgan. Shuningdek Jon o‘zi tashkil etgan Chikago universitetiga va tibbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun Nyu-York institutga katta miqdorda sarmoya ajratgan. Bundan tashqari  Rokfeller «Universal taʼlim kengashi» va “Rokfeller fondi” xayriya jamg‘armalarining asoschisi hisoblanadi.
Jon Rokfeller o‘z hayoti va biznes faoliyat bayon etilgan bir necha kitoblar muallifi. 1909 yilda o‘z xotiralari haqida “Vospominaniye O lyudyax i sobitiyax”, bir yildan keyin o‘z muvaffaqiyat sirlari haqidagi “Kak ya najil 500 000 000 dollarov” va 1913 yil hayoti davomida sodir bo‘lgan bir necha qiziqarli voqealar bayonini o‘z ichiga olgan “Memuar” kitoblarini chop etgan.
SHAXSIY HAYOTI.
Jon Rokfeller 25 yoshga to‘lganida tengdoshi bo‘lgan o‘qituvchi Laura Selestiya Spelmanga uylangan. Ular birgalikda baxtli hayot kechirishgan. Laura Jonning na faqat sevimli yori, balki qiyin vaziyatlarga qo‘llab-quvvatlovchi, yangi marralar sari ilhomlantiruvchi va kerakli vaqtda maslahatdosh insoni edi. Jon Rokfeller:-«Boy bo‘lishimga xotinimning xizmatlari katta»,-degan. Ularning oilasida to‘rt nafar qiz va bir nafar o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Laura Selestiya Spelman 1915 yil vafot etdi. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin Jon boshqa uylanmadi. Jon Rokfellerning o‘zi 97 yoshda 1937 yil 23 may kuni vafot etdi.
 Manba: biographe.ru

Report Page