11.09
Mehnat inkspeksiyasiga ishchilarning murojaat qilish holatlari unchalik tez-tez bo‘lmasa ham uchrab turadi.
Qonun deyarli har doim ish beruvchi tomonidan huquqlari cheklangan xodimlarning tarafida.
Mehnat inspeksiyasiga ariza yozish uchun sabablar ko‘pgina.
1. Ko‘pincha har xil turdagi to‘lovlar: ish haqi, ta’til, kasallik, hisob-kitob va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan buzilish holatlari uchrab turadi.
2. Ish beruvchilar xodimni ta’tildan mahrum qiladi yoki o‘ringa-o‘rin hech qanday qoplamalarni taqdim etmasdan dam olish va bayram kunlari ishga chiqishga majbur qilishi bo‘lib turadi, ishdan tashqari ishlar bo‘yicha to‘lovlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
3. Ba’zida ish beruvchilar mehnat qilish va dam olish rejimini, ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarini buzadi, ishchi smenalarning o‘rnatilgan davomiyligini oshirib yuborishadi va boshqalar - bularning hammasi, shuningdek, mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishga sabab bo‘lib qoladi.
4. Inspeksiyaga xodimni lavozimga tiklash talabi bilan nohaq ishdan bo‘shatilgan xodimlar ham murojaat qilishadi.
Hujjat mahalliy mehnat inspeksiyasi manziliga yoziladi (uning bo‘linmalari barcha yirik shaharlarda va aholi yashash punktlarida faoliyat yuritib keladi)