ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

Margulan Seysembayevning muvaffaqiyat tarixi. II-qism
Margulan Seysembayev oliy taʼlim haqida.
 Margulan Seysembayev Qozog‘istonda yosh avlodga taʼlim berish sohasiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U “AlmaU” Olma- Ota menejmentlik universitetining homiysi, Buyuk Britaniyaning «Haileybury School Almaty» shaxsiy maktabi va chet tilini o‘rgatuvchi “Tomos Edcation” o‘quv markazini Qozog‘istondagi taʼsischisi. Hozirgi vaqtda Qozog‘istonda 127 ta yaqin oliy o‘quv yurtlari faoliyat olib bormoqda. Shundan 70 tasi shaxsiy hisoblanadi. O‘qish istagidan bo‘lgan yoshlarning 53 foizi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim oladi.
Margulan Seysembayevning fikricha oliy o‘quv yurtlarning soni ko‘p bo‘lganligini ijobiy tomoni bilan birga, salbiy tomoni ham bor. Qanchalik ko‘p yoshlar bilim olsa, bu albatta yaxshi. Ammo. oliygohlarni soni ko‘p bo‘lganligi sababli raqobat yuzaga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, aksariyat shaxsiy oliygohlarning asosiy maqsadi talabalarga bilim berish emas, balki moddiy foyda ko‘rish. Moddiy foydaning asosiy manbasi talabalarning kontrakt to‘lovi hisoblanadi. Shuning uchun ham oliygohlar ko‘proq yoshlarni o‘ziga jalb qilish maqsadida baʼzi imtiyozlarni joriy etishga majbur bo‘lgan. Bu holat talabalarning bilimiga salbiy taʼsir etgan. Tahlillar shuni namoyon etganki, talabalarning taxminan 20- 25 foizi faqat diplom olish uchun oliygohga kirganligi sababli, ularning bilim saviyasi zamon talabiga javob bermaydi. Shuning uchun ham oliygohni tugatganlarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishi muammo bo‘lmoqda.
Yana bir salbiy tomoni shundaki aksariyat oliygohlarda kelajakda qanday mutaxassislarga talab o‘sishi tahlil qilinmaydi. 
Margulan Seysembayev O‘zbekistonda oliy taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, oliygohlarni sonini ko‘paytirishgan ko‘ra o‘qish sifatini va kelajakni yaratuvchi mutaxassislarni tayyorlashga ko‘proq ahamiyat berishni taklif etdi. Margulan shuningdek, oliygohlarni ochish uchun millionlab pul sarf etib binolar qurishdan ko‘ra, taʼlim olishning onlayn turidan foydalanish samaraliroq deb hisoblaydi. Rivojlangan chet el el davlatlarida onlayn o‘qish o‘zini ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa COVID-19 pandemiya davrida aksariyat o‘quv dargohlari taʼlim berishni onlayn turidan foydalandilar.
COVID-19 davrida biznes olib borish.
Margulan Seysembayevning fikricha COVID-19 insonlarning dunyo qarashini o‘zgartirdi. 2001 yil 11 sentyabr kuni AQSHda sodir etilgan teraktdan keyin butun dunyoda xavfsizlik qoidalari kuchaytirilgan edi. COVID-19 pandemiyasi tarqalgandan keyin davlat rahbarlarini, hukumat aʼzolarini va hattoki oddiy insonlarning dunyo qarashi o‘zgardi. Ko‘pgina davlatlar tibbiyot sohasini rivojlantirishga va ekologiyaga eʼtibor qaratishga qaror qildilar. Pandemiya aksariyat insonlarni intizomli, o‘zini, oila aʼzolarini, yaqinlarini hayoti va sog‘lig‘iga eʼtiborli bo‘lishga, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga katta eʼtibor berishga o‘rgatdi. Albatta biznesda ham vaziyat o‘zgardi. Ko‘p tadbirkorlar vaziyatdan kelib chiqib o‘z biznes faoliyatiga bir muncha o‘zgartirishlar kiritdilar. Hozirgi vaqtda butun dunyoda onlayn biznes olib borish rivojlandi. Margulan Seysembayev ham o‘zining biznes faoliyatining aksariyat yo‘nalishlarini onlayn tarziga olib bormoqda.
Onlayn biznes olib borish uchun davlatlar orasidagi masofani farqi yo‘q. Uning fikricha biznesni onlayn tarzida olib borish uchun avvalam bor internet orqali mijozlarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, mahsulot haqida maʼlumot berish zarur va shundan keyin mahsulotingizga xaridor topiladi. Mahsulot haqida maʼlumot berish uch bosqichga bo‘linadi.
1. Mahsulot narxi.
2. Mahsulotdan foydalanish qoidalari.
3. Sotib olish manzili.
Aksariyat insonlar uy ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika, avtomobil va boshqa zaruriy mahsulotlarni onlayn xarid qilishni afzal ko‘rmoqdalar. Shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ekologik tozaligiga katta eʼtibor berilmoqda. Biznes hamkorlik ham masofadan olib borilmoqda.
Margulan Seysembayev biznes bo‘yicha maslahatlar, maʼruzalar va seminarlarini onlayn tarzida olib boradi. “Magiya utra” telegram kanalida 13 500 obunachi bor.
Margulan COVID 19 pandemiyasi tarqalishi davrida shifoxonalarda joy tanqisligi muammosini ijobiy hal etish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan maydoni 300 kv.M. bo‘lgan binoni shifokorlarga taqdim etgan.
Rejalashtirish.
Margulan Seysembayevning taʼkidlashicha har bir inson nimagadir ega bo‘lishni yoki kimdir bo‘lishni niyat qiladi. Masalan; kimdir hashamatli uy, qimmatbaho avtomobil va katta miqdorga boylikka ega bo‘lishni niyat qilsa, kimdir mashhur olim, aktyor, sportchi yoki amaldor bo‘lishni orzu qiladi. Buning uchun inson avvalam bor harakat qilishi kerak. Harakat qilish uchun o‘z faoliyatini rejalashtirish zarur. Margulanning fikricha inson ko‘pgina adabiyotlarga yozilganidek vaqtini emas, o‘z energiyasidan samarali foydalanishi rejalashtirish kerak. Inson o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yishi mumkin, ammo harakat qilmasa, energiya yetishmasa maqsadga erishish mumkin emas. O‘z energiyasidan samarali foydalanib harakat qilgan inson ijobiy natijaga erishadi va o‘z orzusiga yetadi. O‘z orzusiga erisha olmagan insonlarning aksariyati energiyasidan samarali foydalana olmagan yoki dangasalik qilgan. Katta sarmoyaga ega insonlarning hammasi ham aqlli deb hisoblash noto‘g‘ri, ammo, ularning hammasi harakatdan to‘xtamasdan o‘z energiyasidan samarali foydalangan. Unutmang! Biznes bilan shug‘ullanish yoshini chegarasi yo‘q. Hattoki 90 yoshdan oshgan insonlar ham biznes bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelmoqdalar. Chunki bunday insonlarni yoshi ulug‘ bo‘lsa ham energiyasi so‘nmagan.
Margulan Seysembayev amal qiladigan prinsiplar.
 Seysembayev hayoti davomida o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan prinsiplarga amal qilib yashamoqda. U amaldorlar va ularning farzandlari, jinoiy guruh aʼzolari, shubhali shaxslar bilan biznes bo‘yicha hamkorlik qilmaydi. Margulanning fikricha aksariyat insonlar muammo yuzaga kelgan vaqtda yuqori lavozimga ishlovchi tanishlari yordam beradi deb o‘ylaydilar. Bunday vaziyatlarga ko‘pincha mansabdor tanishlar yordam bermaydi, o‘zini sizdan olib qochadi. Yordam bergan taqdirda esa siz undan qarzdor bo‘lasiz. Shuning uchun ham bunday vaziyatlarga Margulan faqat o‘ziga ishongan. Bundan tashqari Margulan kredit (qarz) olmaydi. Investitsiya kiritishni afzal ko‘radi. Uning fikricha kredit bu-pulga ifodalangan sabrsizlik. Investitsiya esa-pulga ifodalangan umid.
Margulan Seysembayevning yuqorida bayon etilgan maslahat va maʼruzalari yosh tadbirkorlarga uchun bebaho tajriba bo‘ladi deb umid qilamiz.
Margulan Seysembayevning yashashdan asosiy maqsadi - jamiyatga va atrof-muhitga foyda keltirish orqali baxtli hayot kechirish. 
Manba: Margulan Seysembayevning intervyu va maʼruzalari.

Report Page