11 OKTYABR - XALQARO QIZLAR KUNI

11 OKTYABR - XALQARO QIZLAR KUNI

https://t.me/SamISI_CHANNEL

Bugun 2019-yil 11 oktyabr - Xalqaro qizlar kuni ekanligi sizu-bizga sir emas. Bunday kunni jahon miqyosida keng bayram sifatida nishonlanishi va mamlakatimizda qizlarimizning yuqori o’rinda turishi, ularga har tomonlama yordam berish, ko’maklashish kerak ekanligi va hayot yo’lida qoqilmasliklari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi haqida bod-bod takidlanib, amalda o’z isbotini topmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ham katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Q.J.Mirzayev ochib berdi. Tadbir bayram sifatida boshlanib, institutning faol va jonkuyar talaba qizlarini taqdirlash ma’rosimiga aylanib ketdi. Albatta har bir qiz alohida ta’rifu-tashbehga munosib lekin ularning ham ichidan tan olinganlar va omma o’rtasida e’tirofga sazovorlari bor. Bugungi qutlug’ kun! Latofat sohibalarining bayrami bilan institut ma’muriyati qolaversa professor-o’qituvchilar nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.


SamISI Matbuot kotibi: SH.Jalilov 


Report Page