Unumdorlikni oshirish uchun 11 hack

Unumdorlikni oshirish uchun 11 hack

Khamidulla

Salom! Bugun men siz bilan “Dasturchi sifatida unumdorlikni keyingi darajaga olib chiqadigan 11 ta dasturlashga oid hack” bilan tanishtirmoqchiman. Ha, bu postdagi baʼzi hackʼlarni oldin ham aytgan boʻlishim mumkin. Lekin, mana bugun vaqti kelib bitta blog post qilib yozishga qaror qildim. Bu maslahatlar koʻp yillik tajribamga asoslangan boʻlib, mening unumdorligimni va ish jarayonini osonlashtirishga, qolaversa samarali dasturchi boʻlishimga yordam bergan. Bu blog postda keltirilgan har bitta punkt boʻyicha yana alohida post yozsam boʻlardi, ammo qisqacha tushuntirishga harakat qildim. Xoʻp, ular nimadan iborat?

1. Takrorlanuvchi ishlarni avtomatlashtirish

Takrorlanuvchi ishlarni avtomatlashtirishni oʻrganing, kelajakda juda koʻp vaqtdan yutishga yordam beradi. Masalan, ish davomida koʻp marta terminalda ishlashga toʻgʻri keladi. Bitta tepadagi direktoriyaga chiqish uchun cd .. deb yozish oʻrniga .bash_alias faylida quyidagi aliasni yaratganman. Bu koʻrinishdagi aliaslar menga fayl tizimida tezroq harakat qilishga yordam beradi.

Men koʻp yillar davomida Django frameworki bilan ishlaganim uchun baʼzi idea larni tez tekshirishga, yoki kichik backend servislarni yozishga boilerplate loyihalar strukturasini yaratganman. Kerak vaqtda ikkita yoki uchta terminal komandasini ishlatib yangi servisni ishga tushirib, biznes logikasini yozishga tayyorlay olaman. Bundan tashqari, baʼzi koʻp ishlatiladigan code strukturalarni oʻzim ishlatadigan editor yordamida tez yozish uchun snippet menejer orqali ishlatishni toʻgʻrilab qoʻyganman. Googleda “code snippet manager for X editor” deb qidirsangiz oʻzingizga kerakli boʻlgan muhit uchun menejerni topishingiz mumkin.

2. Keyboard Shortcuts

Bu haqida oldin ham aytganman, bu yerda ham qaytarmoqchiman. Siz oʻzingiz ishlatadigan code editor (IDE), messenger (slack, workplace chat va h.k), internet browser (Chrome, Firefox va x.k), va boshqa tool larni (Postman, Terminal, Pages va h.k) keyboard shortcutlarini bilishingiz kerak. Bu sizga sichqonchadan kamroq foydalanishga va vaqtingizni tejashga yordam beradi. Bu haqida boshqa gapirgim kelmayapti toʻgʻrisi 😊 kundek ravshan boʻlishi kerak hammaga.

3. Version Control

Git kabi version control dan foydalanish afzalliklarini oʻrganing. Bu sizga kod oʻzgarishlarini samarali boshqarish, boshqalar bilan hamkorlik qilish va oldingi versiyalarga osonlikcha qaytishga yordam beradi. Version control dasturlashda sizni asablaringizni va tuni bilan uxlamasdan kod yozishdan saqlab qolishi mumkin (Bobur sizga salom 🙂 reflog esingizda boʻlsa kerak). Bu haqida har bir men bilan tanishgan juniorga gapirganman. Kodni oʻchirib yuborib, kechasi bilan oʻtirib bir hafta yozgan kodini qaytadan yozgan blogim oʻquvchisi bor ismini ayta olmayman 😶. Xullas, oʻrganing, siz uchun albatta kerak boʻladi. Agar siz men bilan kelajakda ishlamoqchi boʻlsangiz, Version Control ni bilmasangiz, interviewdan oʻta olmaysiz.

4. IDE yoki Text Editor ning barcha xususiyatlaridan foydalanish

Oʻzingiz ishlatadigan IDE (JetBrains, VS Code va x.k) larning keyboard shortcutlarini, code compilation, debugging, refactoring, code analyser funksiyalarini oʻrganing. Hozirda, IDE ishlatmasada, juniorligimda IDE ning debugger bilan watch ni ishlatish orqali juda koʻp muammolarni hal qilishni oʻrganganman. Bu narsalarni bilish sizga juda koʻp vaqtingiz tejashga yordam beradi.

5. Texnik hujjatlarni yozish sa’nati
Kodni yaxshi hujjatlashtirishning ahamiyati juda katta. Toʻgʻri hujjatlashtirish boʻyicha eng yaxshi amaliyotlarni (best practise) oʻrganing. (Internetda yaxshi maqolalar koʻp, agar blogim oʻquvchilari orasida talab boʻlsa, balki keyinroq oʻzim ham yozishim mumkin.) Yaxshi hujjatlar eski kodni vaqt oʻtgandan soʻng koʻrib chiqishga yoki jamoa aʼzolari (team members) bilan hamkorlik qilishda yordam beradi. Bundan tashqari, jamoaga yangi aʼzolar kelganda, ularga ishni tez oʻrganishda ham yordam beradi.

6. Kodni optimizatsiyasi

Shuncha vaqtni tejash haqida gapirdingiz, shuncha vaqtni optimize 🤦🏻‍♂️ qilib nima qilaman deydigan odamlarga, juniordan middle ga, middeldan seniorʼga oʻtmoqchi boʻlganlarga alohida taʼkidlab oʻtaman — vaqtni kodni optimize qilishga sarf qiling. Misol uchun, profiling va analysis toolʼlar orqali backendga keladigan va backenddan qaytgan soʻrovlarning tezligini oʻlchab koʻring. Balki, siz yozgan SQL soʻrovlari sekin ishlayotgandir, maʼlumotlar bazasida indekslar notoʻgʻri tuzilgandir. Yoki, umuman yoʻqdir 😄. Yoki notoʻgʻri algoritm ishlatib qoʻyilgandir. Toʻgʻri algoritmlarni ishlatib tezlashtirish yoki boshqa optimallashtirish yoʻllaridan foydalanish mumkindir. Production serverʼda sizning foydalanuvchilaringiz koʻp boʻlganda sekin ishlayotgani bunga ishora boʻlishi mumkin. Toolʼlar koʻp, internetdan qidirib topishingiz mumkin. Front-endʼchilarga inspection tool orqali oʻrganishning ham imkoniyatlari kengdir. Men ishlagan bitta kompaniyada serverdagi optimizatsiya oylik service costni $20.000 ga tushirgandi. Shunga oʻxshash punktlarni CV-ga toʻplashingiz — bu sizni yaxshiroq lavozimga, yaxshiroq kompaniyaga kirishga yordam beradi. Mana shu 5 — punkt juda muhim.

7. Unit Test va Test-Driven Development (TDD)

Unit test va Test-Driven Development (TDD) ni o'rganing. Avtomatlashtirilgan testlarni yozishning afzalliklari va ular kodingiz sifatini qanday yaxshilashini, yangi o'zgartirishlar kiritishni qanchalik osonlashtirishini va bug larni tuzatishni tezlashtirishi mumkinligini yaxshilab bilib oling.

8. Yozilgan kodeni debug qilish

Turli buglarni tuzatish usullarini o‘rganish, breakpoint lardan foydalanish, stack traces tahlil qilish va debugger bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o’rganing. Kodingizdagi xatolarni samarali aniqlash va tuzatish orqali juda ko’p odamlarni asabi va vaqtini tejab qolsangiz bo’ladi. Menda sohaga yangi kirib kelgan odamlar bilan ishlaganimda xatolikni notog’ri tahlil qilib umuman boshqa muammoni hal qilmoqchi bo’lganlarni juda ko’p ko’rganman. Yaqinda standart out ga print bilan yozganda nimaga loglar boshqa boshqa qatorga tushib qolayotganini tushuna olmasdan bir kun vaqtini yoqotib o’sha bug ni tuzata olmay yordam so’rab murojaat qilgan odamga shu maslahatni bergandim.

9. Samarali kod navigatsiyasi va qidiruvi

Proyektlar ustida ishlaganingizda kod boʻyicha navigatsiya qilish, kerakli klass, funksiyalarni yoki kerakli qatorni tez topa olishini oʻrganing. Kod navigatsiyasini oʻrganish murakkab code base larida osongina navigate qilishga yordam beradi. Menga oʻxshab mono reponi ustida ishlasangiz bu juda katta yordam beradi. Lekin buni hozirdan oʻrganishingiz kerak.

10. Stay hungry and stay foolish (©️Steave Jobs)

Hech qachon o'rganishdan to'xtamang! Eng soʻnggi texnologiyalar, tool lar va eng yaxshi amaliyotlardan (best practise) xabardor boʻlish uchun resurslar, onlayn kurslar, qoʻllanmalar va dasturchilar hamjamiyatlari bilan tanishing. Doimiy ravishda o'z mahoratingizni oshirish sizni bu sohada oldinga olib boradi. 

11. Sir (Secret)

Bu post 100 ta like yig’sa keyin aytaman. Yoki Ibn-Sino ga o’xshab o’tib ketaman. “Ilmi Tolib” like bosmaganiga telegram kanalda 🤪.

Xulosa:

Postimni shu joyigacha oʻqigan barcha blogim oʻquvchilariga tashakkur aytaman! Siz unumdorligingizni oshiradigan 10 ta qimmatli va samarali dasturlash hacklarini oʻrgandingiz. Ushbu strategiyalarni amalda qoʻllash orqali siz dasturlash jarayonini soddalashtirishingiz, toza kod yozishingiz va samaraliroq dasturchi boʻlishingiz mumkin. Esingizda boʻlsin, blog postimda oʻqigan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilangina oʻzingizning qiymatingizni oshirishingiz va yaxshi kompaniyalarda, va katta loyihalarda ishlashingiz mumkin boʻladi. Super Dispatch haligacha senior developer qidiryapti. Shuning uchun yuqoridagi hackni oʻz ish jarayoningizga kiritishni boshlang va unumdorligingiz oʻsishini kuzating! Men esa koʻrishganda koʻrishguncha deb qolaman 👋🏻.

Report Page