ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

Rey Dalio «Mening prinsiplarim: hayot va ish» I-qism
Kirish.
Biz sizga Amerikalik moliyachi, milliarder REY Dalioning «Mening prinsiplarim: hayot va ish» («Moi prinsipi: jizn i rabota») kitobini qisqacha talqining bayon etishga qaror qildik. Kitob muallifi dunyoning eng boy odamlarining biri hisoblanadi. U 160 milliard dollardan ortiq aktivga ega Bridgewater Associates kompaniyasini asoschilaridan biridir.
 REY Dalio kitobida o‘z prinsiplariga sodiq qolib katta muvaffaqiyatlarga erishgani haqida hikoya qiladi. Kitob tadbirkorlar, menejerlar, ishga nomzodlarni qabul qiluvchi mutaxassislar va umuman hayotda katta muvaffaqiyatga erishishni niyat qilgan insonlarga mo‘ljallangan.
Kitobni o‘qib siz quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:
• Qanday qilib maqsadga erishish yo‘lida paydo bo‘lgan to‘siqlarni yengib o‘tish.
• Qanday qilib yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal etish.
• Qanday qilib Reya Dalio prinsiplariga amal qilib kuchli biznes jamoa shakllantirish.  
REY Dalioning fikricha har qanday inson muvaffaqiyatga erisha oladi. Buning uchun qobiliyatdan tashqari, muvaffaqiyatga erishish yo‘lida paydo bo‘lgan to‘siq va muammolarni yengib o‘tish qobiliyati ham kerak.
Inson har kuni yuzlab qarorlar qabul qiladi. Agar inson bu qarorlarini o‘zining hayotiy prinsiplariga rioya qilmay, ongsiz ravishda qabul qilsa u boshqa insonlar tomonidan qo‘yilgan yoki vaziyatdan kelib chiqqan qopqonga tushadi. Ayni vaqtda minglab odamlar shunday qopqonga tushganlar. Endi yaxshilab o‘ylab ko‘raylikchi qanday qilib qopqondan chiqib ketish mumkin?
 Reya Dalioning prinsiplari bilan tanishib chiqqan inson qopqondan qanday chiqishni o‘rganib oladi. Shuningdek, hayotga o‘zingiz o‘rnatgan qoidalar bilan yashashni Avvalam bor o‘zingizni zaif tomonlaringizni, hayotda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklaringizni anglab olasiz va ularni bartaraf etishga harakat qilasiz. Shundan so‘ng siz o‘z prinsiplaringizni shakllantirib biznesdami, sportdami, tibbiyotdami yoki boshqa sohadami ulug‘ maqsad sari shaxdam qadam tashlaysiz.
 Prinsiplar nima uchun kerak?
O‘z prinsiplaringiz haqida o‘ylab ko‘rishdan oldin bir savolga javob bering: «Baxt o‘zi nima?». Albatta har bir inson uchun baxt tushunchasi subyektivdir. Ammo, siz avvalam bor o‘z fikringiz bo‘yicha baxt tushunchasini anglab olishingiz kerak.
Baxtga elituvchi ikki yo‘l bor. Birinchisi- inson o‘z maqsadini aniqlab olib va unga erishishga harakat qilishi. Ikkinchisi - inson o‘zining zarur bo‘lmagan xohishini kamaytirishi. Agar siz birinchi yo‘lni tanlasangiz, avvalam bor «Mening prinsiplarim qanday?» savoliga aniq javob bering.
Prinsipning o‘zi nima?
Har qanday o‘yinning o‘z prinsipi va o‘z qoidasi bor. Kuchli o‘yinchilar shu prinsip va shu qoidalarni yaxshi tushunadilar va ularga rioya etib katta muvaffaqiyatga erishadilar. Hayot ham o‘z prinsiplari va qoidalariga ega - bir o‘yin. Sizning prinsip esa bu sizning qoidangiz. Sizning prinsipingiz hayot qoidalar bilan chambarchas bo‘lsa muvaffaqiyatga erishasiz. Sizning prinsipingiz poydevorida o‘zingiz uchun eng muhim bo‘lgan narsa -qadriyatlaringiz, yotadi. Prinsipingiz - sizning qadriyatlaringiz bilan harakatingizni bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini bajaradi. Qadriyatingizga asoslangan prinsipingiz maqsadingizga erishish yo‘lida yuzaga kelgan to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘mak beradi.
Nima uchun prinsip muhim? 
Agar sizda qadriyatingizga asoslanmagan prinsip bo‘lmasa yuzaga kelgan vaziyatga xato qarorlar qabul qilishingiz mumkin. Boshqarilmaydigan kema kabi to‘lqin va oqim sizni har xil tarafga buradi, bezarar qirg‘oqqa chiqishga imkon bermaydi. Bundan tashqari sizning prinsipingiz insonlar bilan muloqot qilish uchun zarur bo‘lgan xarakteringizni shakllantiradi. Qadriyatlari va prinsiplari o‘xshash bo‘lgan insonlar bir- birini yaxshi tushunadi. Qadriyatlari va prinsiplari har-xil bo‘lgan insonlar orasida doimo ziddiyat yuzaga keladi.
Tahlil qilish uchun savol. Nimani ko‘proq qadrlaysiz? Yaqinlaringiz va hamkasblaringizga nazar soling, qadriyatlaringiz va prinsiplaringiz mos keladimi?
Prinsip qanday shakllanadi? 
Sizning prinsipingiz o‘zingizni va o‘zga manbalarning prinsiplarining aralashmasidir. O‘zga manba deganda –oila aʼzolaringiz, tarbiyangiz, ish joyingiz, do‘stlaringiz, din, axloq-odob va huquqiy qoidalar tushuniladi.
Sizning prinsipingiz shaxsiy tajribangiz va hayotga bo‘lgan munosabatingiz orqali yuzaga keladi. Og‘ir vaziyatlarni yengib o‘tishdagi tanlagan yo‘lingiz orqali siz prinsipingizni shakllantirasiz. O‘zgalarni prinsipini o‘ylamasdan qabul qilishga shoshilmang. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring, balki bu prinsiplar sizni maqsadingizga olib bormas. Masalan: O‘g‘rilik gunoh ekanligini hamma biladi. O‘g‘rilik gunoh ekanligiga nima asos bo‘lgan? Din ko‘rsatmalarimi, axloq-odob yoki huquqiy qoidalarmi? Balki jazodan qo‘rqishdir yoki jabrlanuvchiga nisbatan hasadmi? Yoki «birovning mulki», “harom” yoki “halol” tushunchalariga amal qilmaslikdir? Ammo, nega o‘g‘rilik ko‘p. Demak birovning mulkini talon- taroj qiluvchilarning ham o‘z prinsipi bor.
Shuning uchun ham o‘zgalarni prinsiplarini tahlil qilayotganingizda o‘zingizga savol bering: «Bu to‘g‘ri prinsipmi?» Har qanday prinsipni tahlil qiling va o‘zingizga mosini tanlang. Unutmang! O‘zgalarning prinsipini o‘rganish foydali, ammo o‘ylamasdan qabul qilish o‘ta xavfli.
Reya Dalioni asosiy prinsiplari.
• Samimiy bo‘lish.
Baʼzi insonlarning fikri bilan amalda qilgan ishi mos kelmaydi. Ular o‘zining ichki tuyg‘usiga ishonishmaydi. Boshqalarga yoqish uchun harakat qilgan inson o‘zini kuchli tomonlaridan foydalana olmaydi. Umuminsoniylik  prinsiplariga amal qilgan holda chin dildan va samimiy harakat qiling va doimo haqiqatni gapiring.
Bridgewater Associates investitsion kompaniyaga o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra kompaniyaning aksariyat xodimlari REY Dalio haqida salbiy fikr bildirishgan. Bu holat Reyni juda hayron qoldirgan. REY so‘rov natijalarini chuqur tahlil qilib shu narsaga ishonch hosil qildiki, qo‘l ostidagi xodimlarning ko‘pchiligi uning samimiy va haqiqatni qo‘rqmasdan ochiq gapirish prinsipini qo‘llab -quvvatlamagan ekanlar. Shundan so‘ng REY samimiy va haqiqatni ochiq gapirish prinsiplariga amal qilish muvaffaqiyat garovi ekanligini  kompaniya xodimlariga tushuntirdi va barcha xodimlar shu prinsiplarga amal qilish majburiy ekanligi haqida ko‘rsatma berdi. Hamma uchun majburiy qoidalar xodimlar tomonidan ijobiy kutib olindi va katta muvaffaqiyatlarga sabab bo‘ldi..
Samimiylik bo‘lmasa muvaffaqiyat bo‘lmaydi. Agar siz samimiy bo‘lsangiz va samimiy insonlarni qadrlasangiz ijobiy hamkorlikka erishasiz.
REY Dalio o‘z kitobida: -«Men bilan ishlayotgan xodimlar ko‘nglidagi gapni samimiy bayon etishini va boshqalardagi shunday fazilatni chin dildan hurmat qilishini talab etganman. Shu prinsiplarga amal qilganimiz sababli muvaffaqiyatga erishganmiz», -deb yozgan.
O‘zingiz uchun quyidagilarni aniqlab oling:• Muvaffaqiyat tushunchasi;
Aksariyat insonlar o‘qish muvaffaqiyatga erishish uchun eng zaruriy va ishonchli yo‘l deb hisoblaydilar. Ammo, REY Dalioning fikricha inson aniq maqsadini anglab olmaguncha o‘qishni ham, ishni ham hech qanday maʼnosi yo‘q.
 Baxt tushunchasi;
 Muvaffaqiyatga erisha olmagan insonlar baxt nima degan savolga aniq javob bera olmaydilar va katta muvaffaqiyatlarga erishishni rejalashtirmaydilar. Ular qozon qaynashi uchun yetarlicha daromad topish haqida o‘ylaydilar xalos. REY Dalio o‘zi uchun baxt tushunchasini yoshligidan belgilab olgan. U baxtiga erishish uchun o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan. Shu maqsadlarga erishishga harakat qilgan. Uni o‘zgalarni fikri qiziqtirmagan. REY  Bridgewater Associates investitsion kompaniyasiga asos solgan, juda ko‘p sarmoyaga ega bo‘lgan, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy olgan, ammo, uning taʼkidlashicha bu uning asosiy maqsadi bo‘lmagan.
Uning asosiy maqsadi yangilik yaratish, o‘zi yoqtirgan ishni qilish, hayot bilan uyg‘unlikda yashash edi. Dalio shu maqsadlarga erishgandan keyin o‘zini haqiqiy baxtli inson deb hisoblagan.
• Imkoniyatlaringiz chegarasi;.
 Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmang. Maqsadingiz sari harakatdan to‘xtamang. Muvaffaqiyatsizlikdan ham nimanidir o‘rganing. Reyning taʼkidlashicha, inson rivojlanishi uchun imkoniyat chegaralarini kengaytirish kerak. Albatta, bu qiyin ish. Ammo, to‘siqlarni yengib o‘tganidan keyin o‘zida yangi kuch paydo bo‘lganligini his qiladi. 
• Xato qilishdan qo‘rqasizmi;
Xato va kamchiliklardan qo‘rqmang. Ularni bartaraf etishga harakat qiling va boshqalarga xatosini tuzatish uchun yordam bering.
Aksariyat insonlarni xato va kamchiligini tanqid qilsang xafa bo‘ladi. O‘zlari ham birovlarni kamchiligiga ahamiyat bermaslikka harakat qiladilar. Ular:- «Sen menga tegma, men senga tegmayman», - prinsipiga amal qiladilar. Bu noto‘g‘ri tushuncha, axir xato va kamchiliklarni bilmasdan muammoni hal etib bo‘lmaydi. Unutmang! Xatoni aniqlash va uni bartaraf etish maqsadga yaqinlashtiradi. Xato boshqotirmaga o‘xshash, uni hal etsangiz, kelajakda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligingiz aniq.
REY Dalio o‘z biznes faoliyatini boshlagan davrida, katta yutuqqa ega bo‘lish niyatida yaxshi tahlil qilinmagan rejaga 100 000 dollar sarmoya kiritgan. Ammo, bu ish muvaffaqiyatsizlikka uchragan, buning natijasida REY o‘z sarmoyasini to‘laligicha yo‘qotgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlik sabab REY keyingi rejalarni amalga oshirish jarayonida harakatlarini chuqur tahlil qilgan.
• Masʼuliyatli insonmisiz;
Masʼuliyatni bo‘yniga olmagan inson hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Har qanday to‘siqni faqat masʼuliyatni bo‘yniga olib yengib chiqish mumkin. Aksariyat hollarda muvaffaqiyatsizlik, haqiqiy vaziyatni anglamaslik va unga qarshi kurashmaslik natijasidir. Muvaffaqiyat vaziyatga to‘g‘ri baho bera olgan va uni bartaraf etish uchun masʼuliyatni bo‘yniga olganlarga keladi.
• Hayotni qanday bo‘lsa shunday qabul qila olasizmi;
Hayotda nima bo‘layotganligini anglay olmasangiz, to‘g‘ri qaror qabul qilishga qiynalasiz. Haqiqat bilan yolg‘onni ajratib oling, shundagina to‘g‘ri qaror qabul qila olasiz
• Orzu;
Hayot haqiqatlarini tan olish albatta yaxshi, lekin orzu qilish ham kerak. Axir orzuga- ayb yo‘q deydilarku. Orzu maqsadga erishish uchun juda zarur. REY Dalioni yozishicha, u hayotga real qaraydi, ammo o‘ziga yarasha orzulari ham bor. Orzularni amalga oshirish uchun imkoniyatlarni ko‘rish va undan samarali foydalanish kerak.
• Bilimdagi zaiflik va bo‘shliq;
O‘zingizni hamma narsani biladigan juda bilimli inson sifatida ko‘rsatishga harakat qilmang. Bilimingizdagi zaiflikni berkitmang. Muvaffaqiyatga erishgan insonlar nimanidir bilmasliklaridan uyalmaganlar. Har bir insonni kuchli va zaif tomoni bor. Kuchli tomonidan foydalanib katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
REY Dalio o‘z kitobida yozishicha, maktabda yaxshi o‘qimagan. Yo‘q, u dangasa bo‘lmagan, ammo, maktabda o‘tiladigan fanlarni hammasini ham kerakli deb hisoblamagan. Ammo, o‘ziga qiziq bo‘lib ko‘ringan narsani o‘rganmaguncha to‘xtamagan.  REY 8 yoshidan boshlab pul ishlab topishga qiziqqan. U pul topish maqsadida gazeta sotgan, golf o‘yinchilarida yordam bergan, idish tovoq yuvgan va shunga o‘xshash boshqa ishlar bilan shug‘ullangan. Bu ishlarni u chin dildan bajararkan, chunki shu orqali u pul topgan. Yillar o‘tgan sari Reyning hayot tajribasi ortib bordi, shu bilan birga pul topish uchun maktabda olmagan bilimni ko‘chada oldi.
Masalan: REY golf klubiga kelgan odamlardan muvaffaqiyatli investitsiya qilishni o‘rgandi. Shu sababli 12 yoshida birinchi aksiyalarini sotib olib, muvaffaqiyatga erishdi, chunki u sotib olgan aksiyalar narxi bir necha kundan keyin uch barobar ko‘tarildi. Bu voqeadan so‘ng REY investitsiya kiritish “o‘yinini” juda yoqtirib qolgan.
 Muvaffaqiyatga erishgan odamlar boshqa insonlardan yana bir sifati bilan farq qiladilar, ular o‘zlarini kuchli va zaif tomonlarini yaxshi biladilar. Shuning uchun ular o‘z faoliyatlarini shunday rejalashtirishadiki, zaif tomonlari muvaffaqiyatga erishish yo‘lida to‘siq bo‘lib qolmaydi.
REY Dalioning mantiqan fikrlash qobiliyati kuchli, ammo, qandaydir maʼlumotni (kimningdir manzili, telefon raqami, ismi) eslab qolish qobiliyati past edi. Shuning uchun ham REY yonida doimo Blackberry olib yuradi va atrofida maʼlumotlarni eslab qolish qobiliyati kuchli odamlarni to‘plagan.
• Hayotdan zavq olish;
Evolyutsiya —doimiy o‘zgaruvchan sharoitga moslashish protsessidir. Insonning har bir harakati shu protsessga ko‘mak beradi yoki to‘sqinlik qiladi. Insonda bir tug‘ma hissiyot bor u nimadandir zavq olishga intiladi. Muvaffaqiyatga erishgan odamlarning aksariyati o‘qishdan, nimanidir o‘rganishdan, ishlashdan, sport bilan shug‘ullanishdan, doimiy izlanishdan zavq olib o‘zlarini yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qiladilar. 
 O‘z oldingizda maqsad qo‘yib siz o‘zingizni evolyutsion harakatingizni boshlaysiz. Buning uchun o‘zgaruvchan dunyo bilan uyg‘unlikka yashash kerak. Bu qiyin ish emas. Buning uchun:
1) O‘z oldingizda maqsad qo‘ying.2).Maqsadga erishish uchun mehnat qiling.3) Maqsadga erishganda xursand bo‘ling.4) Yangi maqsad sari harakat qiling.
 REY Dalioning fikricha barkamol inson bo‘lib yetishish maqsadi- insonlarni harakatga keltiruvchi juda qudratli kuchdir.
REY Dalioning fikricha muvaffaqiyatga erishgan inson hayoti uch bosqichdan iborat:
Birinchi bosqich- u birovga qaram -boshqalardan o‘rganadi.
Ikkinchi bosqich -boshqalar unga qaram – u ishlaydi.
 Uchunchi bosqich - unga hech kim qaram emas– u ishlamaydi, ammo hayotdan zavq olib yashaydi.
«Vaziyatni xar kim murakkablashtirishi mumkin, ammo, faqat aqlli inson soddalashtira oladi» REY Dalio

Report Page