ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

INSTAGRAM TARMOG‘INI YARATILISH TARIXI!
2021 yilning 6 oktyabr kuni foto va video almashuvlar uchun mo‘ljallangan Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘zini o‘n bir yilligini nishonladi. Instagram tufayli insonlar selfi va fotofiltr tushunchalariga ega bo‘lishdi. Har kuni millionlab insonlar bir-birlari bilan Instagram orqali muloqot qiladilar. Ammo, ularning aksariyati ushbu ijtimoiy tarmoqning asoschilari haqida maʼlumotga ega emaslar.
 Bugun biz sizga Instagram ijtimoiy tarmog‘i va uning asoschilari haqida qisqacha maʼlumot berishga qaror qildik.
Instagram tarmog‘ining asoschilaridan biri Amerikalik tadbirkor, milliarder Kevin Sistrom bo‘lgan. Kevin  1983 yil 30 dekabr kuni
Massachuset shtatining Xolliston shahrida tug‘ilgan. Kevinning otasi Duglas TJX kompaniyaning vitse-prezidenti, onasi Diana Zipcar kompaniyasida marketolog lavozimida xizmat qilishgan. Kevin maktabda o‘qish bilan birga Bostondagi «Boston Beat» magazinida ishlagan. 2002 yil kompyuter dasturchilarini o‘qitishga ixtisoslangan xususiy maktabni tugatdi. Shu yili Stenford universitetiga o‘qishga kirdi va 2006 yili universitetni tugatdi.
2006 yili Kevin Sistrom Google kompaniyasiga ishga qabul qilindi. O‘zining mahsulotini yaratish niyatida bo‘lgan va jamoa bilan ishlashga xohishi bo‘lmagan Sistrom 2009 yili Google kompaniyasidan ishdan bo‘shadi.
Bozor talabiga javob beruvchi innovatsion mahsulot yaratish uchun Kevinga hamkor kerak edi. Tez kunda bunday hamkor topildi. U xuddi Kevin kabi Stenford universitetining tugatgan asli Braziliyalik bo‘lgan Mayk Kriger edi. Kevin va Maykning mehnatlari zoye ketmadi, 2010 yil 6 oktyabr kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘i paydo bo‘ldi. Birinchi kunini o‘zida tarmoqni 25 ming nafar isteʼmolchi yuklab oldi. Bir necha haftadan keyin bu ko‘rsatgich bir millionga yetdi. Bunday katta bosim Instagram serveriga muammo kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Muammoni ijobiy hal etish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan amazon kompaniyasining serveridan foydalanishga kelishildi.
Shuni taʼkidlash kerakki Instagram tarmog‘ini tezda ommalashib ketishiga 2010 yili katta imkoniyatlarga ega iphone 4 modelini sotuvga chiqarilgani ham ko‘mak bo‘ldi. Kevin va Mayk tarmoqni yana-da takomillashtirish uchun tinmay mehnat qilishdi.
2012 yili tarmoqni yuklab olganlar soni 30 milliondan oshdi.
2012 yil 9 aprel kuni Facebook kompaniyasining asoschisi Mark Sukenberg Instagram tarmog‘ini Kevin va Maykdan bir milliard dollarga sotib oldi. Shartnomaga binoan Kevin Sistrom va Mayk Kriger kompaniyada o‘z lavozimlarini saqlab qolishdi. Instagram tarmog‘ini boshqa 12 aʼzosi Facebook kompaniyasiga qarashli binoga ko‘chib o‘tishdi.
Shuni taʼkidlash kerakki Kevin Sistrom Facebook asoschisi Markom Sukerber bilan talabalik chog‘larida tanishgan. O‘sha davrda Sukerberg  
Kevinni o‘qishni tashlab hali uncha mashhur bo‘lmagan Facebook kompaniyasiga ishga taklif etgan. Ammo, Kevin o‘qib diplom olishni niyat qilganligini aytib Sukerbergni taklifini rad etgan.
2016 yil birinchi chorakda Instagram reklamadan 500 million dollardan ortiq foyda keltirdi.
2018 yil 6 iyun kuni Vloomberg agentligi tahlilchilarini eʼlon qilgan maʼlumotiga ko‘ra, agar, Instagram tarmog‘i mustaqil faoliyat olib borganda uning sarmoyasi 100 milliard dollardan oshgan bo‘lar edi. Shu yilning 25 sentyabr kuni Kevin Sistrom va Mayk Kriger kompaniyadan ketishga qaror qilishdi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari Kevindan kompaniyadan ketish sababini so‘rashganda u aniq bir javob bermadi. Hozirgi vaqtda mashhur insonlarning Instagram tarmog‘idagi sahifasiga millionlab odamlar obuna bo‘lgan. Masalan; Krishtian Ronaldo sahifasiga 350 milliondan ko‘p, Lionel Messi sahifasida 270 milliondan ko‘p insonlar obuna bo‘lgan. Instagram tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega boshqa yorqin va mashhur insonlar har kuni yangi foto va videolari bilan milliardlab odamlarga zavq bag‘ishlamoqdalar.
 Sistromni fikricha yangi loyihaga asos solishga niyat qilgan insonning eng oliy maqsadi dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish va insonlarga zavq ulashish bo‘lishi kerak. Uning Instagram tarmog‘i insonlarga ijobiy hissiyat berish bilan birga ularni yolg‘izlanib qolishdan xolos etdi.
Qiziqarli maʼlumotlar:
 - 2014 yili Forbes maʼlumotiga ko‘ra Kevin Sistrom   innovatsion ilovalar sohasi bo‘yicha eng kuchli 30 nafar insonlar ro‘yxatiga kiritildi;
-2016 yildagi Forbes maʼlumotiga ko‘ra Sistromning boyligi 1,1 milliard dollarga baholandi. Bunday boyib ketishga Facebook aksiyalari 500 foizga qimmatlashgani sabab bo‘lgan;
-Hozirgi vaqtda Kevin Sistromning boyligi 2 milliard dollardan ko‘pga baholanadi;
-Kevinning xobbisi golf, chang‘i sporti va Kaliforniyadagi Taxo ko‘li qirg‘og‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari;
-Kevin Sistrom 2016 yil 31 oktyabr kuni Sutro Energy Group kompaniyasining asoschisi va bosh direktori  Nikol Shues xonimga uylangan.
Kevin Sistromni ishdan bo‘shashi hammasi tugadi degani emas. U hali 40 yoshga ham to‘lmagan, ayni kuchga to‘lgan va beqiyos bilimga ega vaqti. Niyat qilamizki Kevin millionlab muxlislarni yaqin kunlarda ajoyib va g‘ayrioddiy yangilik bilan hayratga qoldiradi.
«Sevgan ishing bilan shug‘ullanish, ertalab yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onishga sabab bo‘ladi». Kevin Sistrom

Report Page